F5 BIG-IP tizimi bo‘yicha tijorat takliflari so‘rovi
"Milliy banklararo protsessing markazi" AJ F5 BIG-IP dasturiy ta’minotining litsenziyalarini 2025-yil 2-apreldan 2026-yil 3-aprelgacha bo‘lgan davrga uzaytirish bo‘yicha takliflarni dastlabki o‘rganish o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi.
Litsenziyalar va xizmatlar ro‘yxati:
1. BIG-IP Subscription Advanced WAF Threat Campaigns License For VE 1 YR (3G/High Performance VE) — 2 nusxa
2. BIG-IP Subscription IP Intelligence License High Perf 1 YR — 2 nusxa
3. BIG-IP Premium Service Virtual Edition F5 BIG-WAF-AWF-VE-08-V18 24x7 1-yil muddatga — 2 nusxa
4. 40 ish soati hajmida professional ko‘mak ko‘rsatish
Shartlar va muddatlar:
- Takliflarni taqdim etish muddati: 2025-yil 7-martgacha
- Litsenziyalarning amal qilish davri: 2025-yil 2-apreldan 2026-yil 1-aprelgacha
- Tijorat takliflarini yuborish uchun elektron pochta manzili: info@nmpc.uz