Tanlov e’loni
“MBPM” aksiyadorlik jamiyati mavjud axborot infratuzilmasida IBM dasturiy ta’minoti asosida quriladigan zaxira nusxa olish va ma’lumotlarni tiklash (Backup & Recovery) tizimini yetkazib berish va joriy etish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Mazkur texnik talab IBM Backup & Recovery tizimini buyurtmachining mavjud ma’lumotlarni qayta ishlash markazi infratuzilmasiga yetkazib berish, integratsiya qilish, mavjud komponentlar bilan to‘liq moslashuvini ta’minlash, zaxira nusxa olish jarayonlarini optimallashtirish hamda buyurtmachi mutaxassislarini o‘qitishni o‘z ichiga olgan asosiy parametrlar va texnik talablarga aniqlik kiritadi.
Texnik topshiriq va tanlovda ishtirok etish shartlari: ilova qilingan faylda keltirilgan.
Takliflarni topshirish muddati: 8 dekabr 2025 yilgacha.
Ishtirok shakli: ochiq tanlov.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:
E-mail: tender@nmpc.uz
Telefon: +998 (78) 113 24 07 (7715)

