Tanlov e’loni
“MBPM” aksiyadorlik jamiyati mavjud axborot xavfsizligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish doirasida NGFW (Next-Generation Firewall) axborot xavfsizligi devorini yetkazib berish va joriy etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.
Mazkur texnik talablar NGFW qurilmalarini yetkazib berish, ularni buyurtmachining mavjud tarmoq va xavfsizlik infratuzilmasiga integratsiya qilish, mavjud komponentlar bilan to‘liq mosligini ta’minlash, tarmoq xavfsizligi siyosatlarini optimallashtirish, trafikni inspeksiya qilish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, buyurtmachi mutaxassislarini o‘qitish bo‘yicha asosiy parametrlar va talablarni belgilaydi.
Texnik topshiriq va tanlovda ishtirok etish shartlari: ilova qilingan faylda keltirilgan.
Takliflarni topshirish muddati: 2025-yil 9-dekabrgacha.
Ishtirok shakli: ochiq tanlov.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
tender@nmpc.uz
+998 (78) 113 24 07 (7715)

