O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 9 yanvardagi qaroriga muvofiq «Hi-Tech Bank» xususiy yopiq aktsiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi va uni tijorat banklarini ro'yxatga olish davlat kitobiga qayd etdi. «Hi-Tech Bank» o'zining ustivor yo'nalishini ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik va xususiy biznes loyihalarini moliyalash, mamlakatimizda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirishga qaratmoqda.