Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Iste’molchining o‘zi tanlaydi

12 Jul 2019

15 iyuldan e’tiboran bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga oshirishga oid SMS-xabarlari narxlari oshiriladi. HUMO kartalari egalariga uning muqobili – @HUMOcardbot orqali axborot olish taklif etiladi. 

2019 yil 12 iyul, Toshkent – 15 iyuldan 11313 qisqa nomeridan kiruvchi xabarlar uchun haq miqdori 42,1 dan 84,2 so‘mgacha oshiriladi. Bu kompaniyaning – HUMO, «INFO ZONE» MChJ to‘lov tizimida SMS-xabarlarni yetkazib beruvchining xarajatlari oshishi, ya’ni aynan mobil operator tomonidan SMS narxlarining oshirilishi bilan bog‘liqd.

 HUMO kartalari egalariga bank kartalari orqali operatsiyalar to‘g‘risida axborot olishning muqobil usuli – @HUMOcardbot milliy to‘lov tizimining rasmiy boti yordamida axborot olish taklif etiladi.
Sinov davri doirasida xizmatning bepul ko‘rsatilishi davom etadi. Keyinchalik foydalanuvchiga tanlash imkoniyati taqdim etiladi: u bu xizmatdan haq to‘lab foydalanishi yoki xizmatni uzib qo‘yishi mumkin. Xizmatning narxlari keyinroq belgilanadi. 

@HUMOcardbot ning afzalliklari:
1) uy va roumingdagi foydasi — kiruvchi SMS uchun haq to‘lanmaydi;
2) Telegram messenjerning barcha qulayliklaridan foydalaniladi; 
3) sinov davri doirasida xizmat bepul ko‘rsatiladi.

Xizmatdan foydalanish uchun bankda SMS-xabarni faollashtirish zarur. Bank xodimlari iste’molchiga xizmatni faollashtirishda amaliy yordam beradilar. Keyin telegramm-botni ishga tushirish va o‘z nomeringizni ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘zi yetarli bo‘ladi. 
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 1
Oxirgi yangilanish: 11 October 2024, 23:36 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech