Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

25 va 26-may kunlari Toshkent shahrida Xalqaro PLAS-Forum bo‘lib o‘tdi

25 va 26-may kunlari Toshkent shahrida Xalqaro PLAS-Forum bo‘lib o‘tdi
27 May 2022 18:33
25 va 26-may kunlari Toshkent shahrida Xalqaro PLAS-Forum bo‘lib o‘tdi. U samarali hamkorlik qilish va innovatsion, istiqbolli xalqaro loyihalarni ishga tushirish uchun bozor ishtirokchilari hamda moliya sektoridagi professional ekspertlar bilan ishbilarmonlik muloqoti uchun platforma bo‘lib xizmat qildi.

Forumda Milliy Banklararo Protsessing Markazi (MBPM) ham ishtirok etdi. MBPM direktori Shuhrat Qurbonov «To‘lov biznesi. Barcha azimutlarda rivojlanish» sessiyalarini olib bordi hamda «Banklararo hamkorlik va xalqaro loyihalar. O'zaro ta'sirning asosiy sohalari. Milliy to‘lov tizimlarini integratsiyalash istiqbollari» mavzulari bilan so'zga chiqdi.

MBPM va «TBC Bank» ATB oʻrtasida Gruziya hududida Oʻzbekiston banklarida ochilgan HUMO kartalariga xizmat koʻrsatish loyihasini ishga tushirish boʻyicha kelishuv imzolanishi Forumning asosiy voqealaridan biri boʻldi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 624
My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 4
Oxirgi yangilanish: 18 Aprel 2024, 09:32 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech