BC Card va HUMO Koreya va O'zbekiston o'rtasidagi karta to'lovlari tarmog'ini o’zaro bog’lamoqda
Kelajakda ikki tizimning karta egalari ham Koreyada, ham O'zbekistonda o’z kartalaridan foydalanib to'lovlarni qulay amalga oshirishlari mumkin bo’ladi.
Joriy yilning 23-avgust kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida Janubiy Koreaning BC Card to'lov tizimi bosh direktori janob Choi Won Seok va “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (keyingi o'rinlarda "MBPM") boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari Maqsad Muhiddinov ishtirokida ikki to'lov tizimini o'zaro integratsiya qilish to'g'risidagi bitimni imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Eslatib o’tamiz, MBPM O'zbekistondagi "HUMO" to'lov tizimi operatori hisoblanadi.
— "Kompaniyalarimiz o'rtasida bunday hamkorlikni yo'lga qo'yish naqdsiz to'lovlar yo’nalishida xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi, shuningdek, HUMO karta egalari va BC Card egalariga o'z mahalliy kartalaridan ikkala mamlakatda foydalanish imkonini beradi", — deb ta’kidladi “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari Maqsad Muhiddinov.
Uning so’zlariga ko’ra, tizimlar o'rtasidagi integratsiya tufayli Koreyada bo'lgan O'zbekiston fuqorolari uchun to'lovlar va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda qulay sharoitlar yaratiladi".
Eslatib o’tamiz, 2022-yilning yozidan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Gruziyada HUMO kartalaridan cheklovlarsiz foydalanish: savdo nuqtalarida to‘lovni amalga oshirish, TBC Bank bankomatlari orqali naqd pul olish imkoniyatiga ega bo’lgandilar.

/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
214