Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO kartasini tanlashning 3 sababi

HUMO kartasini tanlashning 3 sababi
23 Oct 2019 09:26
1. Kontaktsiz texnologiyalar

HUMO to'lov tizimi barcha mijozlarga bir marta tugmani bosish orqali to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradigan kontaktsiz texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion to'lov usullarini taklif etadi.

2. Operatsiyalar xavfsizligi

Xavfsizlik birinchi o'rinda turadi. Har bir plastik karta shaxsiy 4 xonali PIN-kod bilan himoyalangan, u faqat uning egasiga ma'lum bo'lib, uni boshqalar tomonidan ishlatish imkoniyatidan himoya qiladi. Plastik karta yo'qolgan taqdirda karta egasi kartani o'z bankining mobil ilovasi orqali bloklashi yoki biriktirilgan raqam orqali bloklash buyrug'i bilan SMS xabar yuborishi mumkin.

3. Kartaning xizmat qilish muddati

HUMO to'lov tizimidagi plastik kartochkalar uzoq muddatli va o'ziga xos dizaynga ega (qabariq, lokli qoplama va boshqalar). Kartadagi yozuvlar o'chib ketmaydi, bu o'z navbatida kartaning ishlash muddatini oshiradi. Kontaktsiz to'lov imkoniyati kartaning xizmat muddatini yanada uzaytiradi

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1845
My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 4
Oxirgi yangilanish: 24 Aprel 2024, 23:58 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech