Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO milliy to'lov tizimi VISA xalqaro to'lov tizimi vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi

HUMO milliy to'lov tizimi VISA xalqaro to'lov tizimi vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi
1 Feb 2023 11:42
HUMO milliy to'lov tizimi VISA xalqaro to'lov tizimi vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Uchrashuv davomida naqd pulsiz to'lovlarni rivojlantirish rejalari, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, savdo-servis korxonalarida naqd pulsiz to'lovlarni qabul qilishni rag'batlantirish va VISA-HUMO kobeyjing kartalarini chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuvda VISA katta vitse-prezidenti, Ukraina, Gruziya, MDH mamlakatlari va Janubi-Sharqiy Evropadagi Visa mintaqaviy vakolatxonasi direktori — Vera Platonova, Markaziy Osiyo bo’yicha katta direktor va savdo va biznesni rivojlantirish bo'yicha rahbari — Anton Borozdin, O'zbekiston va Turkmanistonda biznesni rivojlantirish bo'yicha rahbari Behzod Abdurahmonov, Anna Andreenko —akseptans bo’yicha katta menejer hamda sotuvchilar bilan ishlash bo’yicha menejer, Ravshan Tursunov — biznes va marketingni rivojlantirish bo'yicha menejer, shuningdek HUMO milliy to'lov tizimi direktorining birinchi o'rinbosari Maqsad Muxitdinov va direktor o'rinbosari Dilshod Ikramov ishtirok etdi.

Hamkorlikni yanada mustahkamlash va ekvayring hamda emissiya bo’yicha o’zaro tarmoqni kengaytirish, shuningdek, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 697
My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 29 Noyabr 2023, 22:44 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech