Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO to'lov tizimi va BC Card Koreya o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

HUMO to'lov tizimi va BC Card Koreya o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
18 Jul 2023 15:44
HUMO to'lov tizimi va BC Card Koreya o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

MBPM-da HUMO va BC Card to’lov tizimlarining rahbariyati o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat to’lov tizimlari o’rtasida to’lov tarmog’ini yaratish, shu bilan birga, ikki tomonlama pul o’tkazmalari tizimini rivojlantirish bo’yicha o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, uchrashuv doirasida tajriba almashish, texnologik yechimlarni yaratish, yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

Koreyaning BC Card to’lov tizimi dunyodagi eng innovatsion va rivojlangan tizimlardan biri bo'lib, HUMO to’lov tizimi — aholi va biznes uchun qulay xizmatlarni taqdim etuvchi yetakchi milliy to’lov tizimidir. Ushbu ikki tizimning sa’y-harakatlarini birlashtirish foydalanuvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz to’lov hududini yaratadi.

"Biz Koreyaning BC Card to’lov tizimi vakillari bilan uchrashuv o’tkazganimizdan xursandmiz va hamkorligimiz o’zaro foyda keltirishiga ishonamiz. Mijozlarimiz qulay va xavfsiz xizmatlardan foydalanishlari uchun doimiy ravishda yangi yechimlarni yaratish va ularni joriy etishga intilamiz. BC Card kabi tajribali mutaxassislar bilan hamkorlik qilish ushbu maqsadlarga erishishimizga yordam beradi", — MBPM direktori Shuhrat Qurbonov.

"O'zbekiston to’lov infratuzilmasida katta salohiyatga ega. Biz hamkorlik qilishdan mamnunmiz va HUMO to’lov tizimi bilan munosabatlarimiz istiqbolli bo’lishiga ishonchimiz komil", — BC Card prezidenti Choi Von Sok.

Uchrashuv natijalari hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qilishi va ikkala to’lov tizimiga strategik maqsadlarini samarali tarzda amalga oshirish imkonini berishi kutilmoqda.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 374
My.gov.uz
Hozir saytda: ro'yxatdan o'tganlar - 0,
mehmonlar - 2
Oxirgi yangilanish: 28 Sentyabr 2023, 11:24 (GMT+5)
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech