Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO toʻlov tizimining foydalanuvchilari diqqatiga

HUMO toʻlov tizimining foydalanuvchilari diqqatiga
19 Dec 2022 09:31
HUMO toʻlov tizimining hurmatli foydalanuvchilari diqqatiga,

Tizim imkoniyatlarini kengaytirish va barqarorligini oshirish, shuningdek, mijozlar uchun yangi xizmatlarni yaratishga yordam berishga qaratilgan yangilash ishlari (yangi xizmatlar tez orada mavjud bo‘ladi) rejalashtirilganidan ko‘ra ko‘proq vaqt talab qildi. Bu HUMO to‘lov tizimining faoliyatida quyidagi cheklovlarga olib keldi – terminallar orqali to’lovlar, bankomatlar va mobil ilovalar vaqtincha ishlamadi.

Endi terminallar orqali to’lovlar, bankomatlar va mobil ilovalar faoliyati to‘liq tiklandi. HUMO to’lov tizimi tomonidagi ishlar rejaga ko’ra belgilangan vaqt - soat 05:00da emas 08:40da yakunlandi.

Vujudga kelgan vaziyat uchun uzr so'raymiz va sizlarni yaqin kunlarda yangi xizmatlar va qulayliklar bilan tanishtiramiz.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 952
My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 1
Oxirgi yangilanish: 24 Aprel 2024, 23:58 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech