HUMO va NPCI International kompaniyasi O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida to‘lov tarmog‘ini yaratishni muhokama qildi
Bugun, 2024-yil 29-oktyabr kuni Toshkentda MBPM va Hindiston Milliy to‘lov korporatsiyasining sho‘ba korxonasi NPCI International vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda tomonlar to‘lov bozoridagi dolzarb tendensiyalarni muhokama qildilar va umumiy to‘lov tarmog‘ini yaratish bo‘yicha muhim kelishuvga erishdilar. Ikki tomonlama pul o‘tkazmalari tizimini rivojlantirish ham diqqat markazida bo‘ldi.
Uchrashuv doirasida tajriba almashish, har ikki bozor uchun texnologik yechimlar va yangi mahsulotlarni ishlab chiqish haqida so‘z bordi. Ushbu muloqot hamkorlikni chuqurlashtirish va har ikki tizim strategiyalarini samarali amalga oshirish uchun istiqbollarni ochib berdi.
NPCI International real vaqt rejimida uzluksiz to‘lovlarni ta’minlaydigan, moliyaviy inklyuzivlik va hamma uchun ochiqlikni ta’minlaydigan UPI va RuPay kabi ilg‘or yechimlari bilan mashhur.
Yangiliklarni kuzatib boring — oldinda raqamli to‘lovlar sohasida yangi imkoniyatlar bizni kutmoqda!

/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
50