Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO va Visa O‘zbekistonda hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda

HUMO va Visa O‘zbekistonda hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda
23 Jun 2020 12:10
23 iyundan boshlab O‘zbekiston banklarining mijozlari bo‘lgan Visa karta egalari HUMO POS-terminallarida tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni qo‘shimcha komissiya to‘lovlarisiz amalga oshira boshlaydilar. Avval, Visa kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar uchun undiriladigan komissiya to‘lovi 1,5% ni tashkil etardi. 

2020 yil 23 iyun, Toshkent - Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) va Visa global to‘lov texnologiyalari kompaniyasi Visa karta egalari uchun HUMO milliy to‘lov tizimida tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar amalga oshirilganda komissiya to‘lovini bekor qilish to‘g‘risida e’lon qildilar. 

Visa O‘zbekiston hukumatini mamlakatda naqdsiz hisob-kitoblarning o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda qo‘llab-quvvatlaydi. Shunga ko‘ra Visa va O‘zbekiston Markaziy banki elektron to‘lovlarni qabul qilish infratuzilmasini birgalikda kengaytirish, shuningdek naqdsiz hisob-kitoblar sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolagandilar. 

«Biz imkon qadar ko‘proq iste’molchilar va savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarining zamonaviy elektron to‘lovlardan foydalana olishini ta’minlash borasida HUMO bilan hamkorlik va O‘zbekiston Markaziy bankining qo‘llab-quvvatlashini yuqori baholaymiz. O‘tgan yil davomida biz Visa kartalarini mamlakatdagi 2 800 ta bankomat va 185 000 POS-terminallarda qabul qilish imkoniyatini ochish orqali muhim yutuqlarga erishdik. O‘zbekistondagi hamkorlarimiz bilan birgalikda biz savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida plastik kartalar orqali to‘lashda iste’molchilar uchun qo‘shimcha komissiya to‘lovlarini bekor qilish borasida tizimli ravishda ish olib bordik, chunki bu mamlakatda naqdsiz hisob-kitoblarning to‘liq rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi va iste’molchilar tomonidan ularga bo‘lgan ishonchni pasaytiradigan asosiy omillardan biridir. Bugun biz sa’y- harakatlarimiz muvaffaqiyatli yakunlanganligini e’lon qilishdan mamnunmiz. Endilikda, O‘zbekiston banklari tomonidan chiqarilgan Visa kartalari bilan to‘lovni amalga oshirayotganda, iste’molchilar qo‘shimcha komissiya to‘lovisiz, faqatgina tovarlar va xizmatlar uchun haq to‘laydilar,"- deydi Markaziy Osiyodagi Visa Bosh menejeri Aliya Chinibayeva. 

“Bugungi qaror O‘zbekistonda naqdsiz to‘lovlar ekotizimini rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir. Bu O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishi jarayonini tezlashtiradi, turizm va iqtisodiy o‘sishga qo‘shimcha rag‘batlantirish bo‘ladi, mahalliy korxonalar uchun esa biznesni rivojlantirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida ko‘proq imkoniyatlar ochadi. Bu esa, naqdsiz Visa to‘lovlarining barcha afzalliklaridan foydalana olishl imkonini beradi ”, - deya ta’kidlaydi MBPM direktori Qurbonov Shuhratbek.

MBPM Visa bilan birgalikda 2019 yil 18 dekabrdan HUMO tizimida xalqaro Visa kartalari bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilishni boshladi.


Visa to‘g‘risida

Visa Inc. (NYSE: V) raqamli to‘lovlar sohasida jahon yetakchisi hisoblanadi. Bizning missiyasimiz – iste’molchilar, biznes va butun iqtisodiyotga rejali rivojlanish imkoniyatini yaratish maqsadida eng innovatsion, ishonchli va xavfsiz to‘lov tarmog‘i vositasida dunyoni birlashtirish. 

Bizning eng so‘nggi global VisaNet texnologiya tarmog‘imiz dunyo bo‘ylab ishonchli va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshiradi va soniyasiga 65000 dan ziyod tranzaksiyalarni amalga oshirishi mumkin. Visa " connected commerce " ning jadal o‘sishi uchun katalizator bo‘lgan innovatsiyalarga katta e’tibor qaratmoqda, bunda deyarli har qanday ulangan qurilmalar to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin va shu bilan hamma uchun va hamma yerda naqd pulsiz kelajak sari yo‘lni qisqartirmoqda. Analog texnologiyalardan raqamli texnologiyalarga o‘tish amalga oshar ekan, Visa tijorat shaklini o‘zgartirish uchun o‘z brendi, mahsulotlari, ekspertlari, tarmog‘i va ko‘lamidan foydalanmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun usa.visa.com/about-visa, www.visa.com.kz, https://cis.visa.com/ru_TJ saytimizga tashrif buyuring. 

Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) to‘g‘risida: 

2019 yil 1-maydan boshlab Toshkent yangi HUMO to‘lov tizimi kartalari emissiyasi boshlandi. 2019 yil iyul oyida MBPM tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tdi va xalqaro PCI DSS Xavfsizlik Standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini oldi. Ushbu standart talablari Visa va MasterCard xalqaro to‘lov tizimlari bilan birga ishlaydigan barcha kompaniyalarga qo‘llaniladi. 2019 dekabr oyida MasterCard va Visa to‘lov tizimlari tizimga integratsiya qilindi. shu oydayoq O‘zbekistonda birinchi marta barcha metro bekatlarida HUMO kartalari bilan yo‘lkira haqini kontaktsiz to‘lash yo‘lga qo‘yildi. 2020 yil may oyiga qadar butun respublika bo‘ylab 2800 dan ortiq bankomat va 183 759 terminal o‘rnatilgan. 
Karta egalari o‘z shaharlaridagi kartalarga xizmat ko‘rsatish nuqtalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni https://humocard.uz saytidagi "Karta egalari" bo‘limida olishlari mumkin. https://humocard.uz/uz/card-holders/service-points/, havolasiga o‘tishingiz, o‘z shahringizni tanlashingiz kerak va HUMO terminali o‘rnatilgan joy haqida ma’lumot paydo bo‘ladi. Shuningdek, HUMO to‘lov tizimining kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlarning manzilini http://bit.ly/2JiRSaF havolasi orqali topish mumkin. 
MBPMni tashkil etishning asosiy maqsadi – to‘lovlarni o‘tkazishning uzluksizligini, innovatsion mahsulotlarni siljitishni ta’minlash, bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini rivojlantirishdan iborat. 

HUMO to‘lov tizimi:

- to‘lov infratuzilmasini yaxshilash;

- xalqaro tizimlar bilan integratsiya qilish;

- yagona to‘lov makonini yaratishga chaqirilgan. 
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1175
My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 1
Oxirgi yangilanish: 19 Aprel 2024, 12:44 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech