Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Ingenico terminallaridan onlayn - NKM sifatida foydalanishlari mumkin

Ingenico terminallaridan onlayn - NKM sifatida foydalanishlari mumkin
22 Jan 2021 15:37

2021 yilning fevral oyidan boshlab, tadbirkorlar HUMO tizimida ishlovchi Ingenico terminallaridan onlayn-NKM sifatida foydalanishlari mumkin. Bu qaror, birinchi navbatda, mikro- va kichik biznes uchun foydalidir. 



2021 yil 22 yanvar, Toshkent – 2020 yil oxirida HUMO toʼlov tizimida ishlatilayotgan Ingenico terminallari onlayn-nazorat-kassa mashinalari (onlayn-NKM) sifatida roʼyxatdan oʼtkazildi. 2021 yil fevralidan boshlab, tadbirkorlar ushbu terminallardan onlayn-NKM sifatida foydalanishlari mumkin.

Onlayn-NKM fiskal maʼlumotlarni shakllantiradi va onlayn tartibda DSQ ga yuboradi, shuningdek, xaridor uchun maxsus QR kodli chek chiqaradi. Ushbu chek orqali xarid haqidagi barcha maʼlumotlarni tekshirish mumkin. 

Ushbu yechim, birinchi navbatda, mikro- va kichik bizneslar uchun mablagʼlarni tejash imkonini beradi. Endilikda, tadbirkorlar qurilmaning oʼzini va fiskal modulni sotib olish oʼrniga, faqatgina fiskal modulning oʼzini sotib olishlari yetarli boʼladi. Ushbu modulni oʼrnatib, dasturiy taʼminot yangilangandan soʼng terminal onlayn-NKM sifatida ishlay boshlaydi. 

Ingenico terminalidan onlayn-NKM sifatida foydalanishni boshlash uchun tadbirkorlar oʼzlarining xizmat koʼrsatuvchi banklariga murojaat qilishlari lozim. 


Maʼlumot uchun

Onlayn-nazorat-kassa mashinalari (onlayn-NKM) – fiskal modulni ulash imkoniyatiga ega boʼlgan, fiskal hujjatlarni shakllantiradigan hamda onlayn tartibda fiskal maʼlumotlarni DSQ ga yuborishni va ularni qogʼozga chop etishni taʼminlaydigan elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari. 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2017 yil 29 sentyabrdagi PQ-3300-son «Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qoʼllash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori bilan naqd shakldagi pul hisob-kitoblari haqidagi maʼlumotlarni onlayn tartibda davlat soliq xizmati organlariga yuborish funktsiyasiga ega boʼlgan nazorat-kassa-mashinalarining zamonaviy modellarini bosqichma-bosqich foydalanishga kiritish belgilangan. 


NKM narxi 3 mln. soʼmdan boshlanadi. 
Maxsus fiskal modulь narxi 1 BHM. 



/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1097
My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 1
Oxirgi yangilanish: 18 Aprel 2024, 20:46 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech