Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Maktablarda Banklararo milliy protsessing markazi tomonidan moliyaviy savodxonlik darslari o‘tkazildi

Maktablarda Banklararo milliy protsessing markazi tomonidan moliyaviy savodxonlik darslari o‘tkazildi
30 Nov 2019 12:08
2019 yil 28 noyabr, Toshkent shahri – Joriy yilning 27 va 28 noyabr kunlari Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) tomonidan 5-sonli va 324-sonli o‘rta maktablarning 6-sinf o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Loyihaning maqsadi yoshlarda moliyaviy ahloq, asosli qarorlar qabul qila olish va shaxsiy pul mablag‘lariga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, moliyaviy xizmatlar iste’molchilari huquqlarini himoya qilish sohasida samaradorlikni oshirishdan iborat bo‘ldi.

“Moliyaviy savodxonlik asoslari boshlang‘ich maktabdan boshlab singdiriladigan g‘arb mamlakatlaridan farqli ravishda, bizning diyorimizda maktab o‘quvchilari kreditlar, bank kartalari tushunchalarini yuqori sinflarda o‘tiladigan iqtisodiyot darslaridagina bilib oladilar. Biz yoshlarning moliyaviy savodxonligini shakllantirishda ishtirok etish muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz va barchalarni o‘z farzandlariga moliya xavfsizligining asosiy jihatlarini o‘rgatishga chaqiramiz. 

Biz to‘lov qanday amalga oshirilishi, uning farqi nimadaligi, kartalar naqd pul o‘rnini bosuvchi vosita sifatida, umuman, nima uchun kerakligi hamda inson o‘zini firibgarlikdan qanday himoya qilishi mumkinligi yuzasidan naqd pul va plastik kartalar o‘rtasidagi farqni yaqqol ko‘rsatib berdik. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tish kerakki, ko‘plab maktab o‘quvchilari plastik kartalar faoliyati tamoyillari haqida yaxshi xabardor bo‘lib, qiziqarli savollar yo‘llab, darslarda faol ishtirok etdilar. Kelgusida biz bunday mashg‘ulotlarni boshqa maktablarda ham o‘tkazishni, shuningdek maktablar uchun yana bir necha qiziqarli loyihalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz. O‘quvchilar hech qanday holatlarda hech kimga, hatto kassirlarga ham kartaning PIN-kodi, seriya raqami va amal qilish muddatini aytmasligi kerakligini bilib oldilar, deb umid qilib qolamiz” – deydi BMPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

Seminarlar davomida HUMO kartalari egalariga taqdim etiladigan moliyaviy operatsiyalar, shu jumladan kontaktsiz to‘lov imkoniyatlari namoyish etildi. 
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 766
My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 1
Oxirgi yangilanish: 20 Aprel 2024, 17:08 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech