Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Mastercard endi HUMO terminallarida

Mastercard endi HUMO terminallarida
3 Dec 2019
Endi Mastercard kartalari egalari toʻlovlarni butun mamlakat boʻylab HUMO terminallari orqali amalga oshirishi mumkin.

“Mastercard bilan barcha texnik ishlarni muvaffaqiyatli yakunlab, uni HUMO tizimiga joriy etib, biz nihoyat joriy yilning dekabr oyidan boshlab HUMO terminallari tarmogʻi doirasida Mastercard kartalaridan foydalanish imkoniyati paydo boʻlganligi haqida mamnuniyat bilan xabar qilmoqdamiz. Biz uchun mamlakatimiz aholisi va mehmonlari uchun yanada kengroq qulayliklar yaratishga koʻmaklashadigan xalqaro toʻlov tizimlari bilan hamkorlikda bu juda muhim qadam”,deydi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

“Biz Oʻzbekistonda naqdsiz toʻlovlar rivojlanishining uzoq muddatli istiqbollarini koʻrib turibmiz va ayni paytda HUMO toʻlov tizimi terminallarida Mastercard kartalarini qabul qilishning boshlanishi kabi muhim marraga erishilganidan juda mamnunmiz. BMPM bilan hamkorlikda biz butun mamlakat boʻylab oʻrnatilgan 170 mingdan ortiq terminallar tarmogʻini ochmoqdamiz. Ishonchim komilki, Mastercard kartalarining HUMO terminallari orqali qabul qilinishi Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish va ragʻbatlantirishga koʻmak beradi, shuningdek ushbu yangilik tadbirkorlar va savdo-xizmat sohasi tashkilotlari vakillari tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga umid qilaman», - deydi Mastercard ning Gruziya va Markaziy Osiyo boʻyicha bosh direktori Igor Stepanov.

Ayni paytda Mastercard kartalari egalari butun Oʻzbekiston boʻylab joylashgan 170 000 dan ortiq terminallar orqali tovar va xizmatlar haqini kontaktsiz toʻlashlari mumkin. Merchant/sotuvchilardan olinadigan komissiya umumiy toʻlov summasining 1%, karta egalaridan esa 1,5%ni tashkil etadi.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 279
My.gov.uz
Hozir saytda: ro'yxatdan o'tganlar - 0,
mehmonlar - 3
Oxirgi yangilanish: 8 Avgust 2020, 13:41 (GMT+5)
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech