Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekistonda HUMOPay xizmati ishga tushirildi

O‘zbekistonda HUMOPay xizmati ishga tushirildi
18 Nov 2020 14:51

NFC texnologiyasi orqali to‘lov: 
O‘zbekistonda HUMOPay xizmati ishga tushirildi



MBPM smartfon orqali HUMOPay kontaktsiz to‘lovlar xizmatini ishga tushirdi. HUMOPay xizmati HUMO to‘lov tizimining barcha bank-ishtirokchilari, shuningdek boshqa to‘lov tizimlari uchun taqdim etilgan. Ushbu texnologiyani joriy qilgan birinchi bank - «Kapitalbank»ning Apelsin raqamli filialidir.


2020 yil 18-noyabr, Toshkent - Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) HUMOPay kontaktsiz to‘lov texnologiyasini ishga tushirdi. Ushbu to‘lov turidan foydalanish uchun smartfonda NFC texnologiyasi mavjud bo‘lishi va u Android operatsion tizimida ishlashi kerak. Xizmat hozirda Apelsin ilovasida mavjud. Yaqin kelajakda xizmat boshqa banklarning ilovalarida ham paydo bo‘ladi.

"Biz tizimni bahorda ishga tushirishni rejalashtirgandik, ammo bizga bog‘liq bo‘lmagan vaziyat tufayli rejalarni keyinga surishga majbur bo‘ldik. Va nihoyat, kuzda bozorda uzoq kutilgan HUMOPayni ishga tushurganimizdan juda xursandman. Siz endi kartangizni o‘zingiz bilan olib yurmay, to‘lov uchun telefoningizdan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun Internetga bog‘langan bo‘lishingiz shart emas (faqat kartani ulagan paytda xolos), shu bois hatto metroda ham to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. Terminal uni oddiy karta deb biladi. Ishonchimiz komilki, foydalanuvchilar HUMOPay yordamida to‘lovlarning naqadar tez, qulay va xavfsiz amalga oshirish mumkinligini munosib tarzda baxolay oladilar”, - deya izohladi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

Smartfon bilan to‘lashda siz PIN-kod kiritishingiz shart emas, chunki himoya telefonning o‘zidagi vosita orqali amalga oshiriladi. To‘lovni barmoq izi yoki bank kartasi parolidan farq qiladigan maxsus o‘ylangan PIN-kod bilan tasdiqlash mumkin.

Texnologiyadan foydalanish uchun Apelsin dasturini yuklab olish (yoki eng so‘nggi versiyasiga yangilash) va kartani telefonga ulash lozim. Bundan tashqari, HUMO kartasini istalgan bankda ochish mumkin. Yaqin kunlarda ushbu usul bilan boshqa banklarning ham bu kabi ilovalari orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi, chunki HUMO to‘lov tizimining HUMOPay xizmati har bir bank-ishtirokchi, hamda boshqa to‘lov xizmatlarida paydo bo‘ladi.


Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) to‘g‘risida: 
2019 yil 1-maydan boshlab Toshkent yangi HUMO to‘lov tizimi kartalari emissiyasi boshlandi. 2019 yil iyul oyida MBPM tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tdi va xalqaro PCI DSS Xavfsizlik Standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini oldi. Ushbu standart talablari Visa va MasterCard xalqaro to‘lov tizimlari bilan birga ishlaydigan barcha kompaniyalarga qo‘llaniladi. 2019 dekabr oyida MasterCard va Visa to‘lov tizimlari tizimga integratsiya qilindi. shu oydayoq O‘zbekistonda birinchi marta barcha metro bekatlarida HUMO kartalari bilan yo‘lkira haqini kontaktsiz to‘lash yo‘lga qo‘yildi. 2020 yil may oyiga qadar butun respublika bo‘ylab 2800 dan ortiq bankomat va 183 759 terminal o‘rnatilgan. 

Karta egalari o‘z shaharlaridagi kartalarga xizmat ko‘rsatish nuqtalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni https://humocard.uz saytidagi "Karta egalari" bo‘limida olishlari mumkin. https://humocard.uz/uz/card-holders/service-points/, havolasiga o‘tishingiz, o‘z shahringizni tanlashingiz kerak va HUMO terminali o‘rnatilgan joy haqida ma’lumot paydo bo‘ladi. Shuningdek, HUMO to‘lov tizimining kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlarning manzilini http://bit.ly/2JiRSaF havolasi orqali topish mumkin. 

MBPMni tashkil etishning asosiy maqsadi – to‘lovlarni o‘tkazishning uzluksizligini, innovatsion mahsulotlarni siljitishni ta’minlash, bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini rivojlantirishdan iborat. 

HUMO to‘lov tizimi:

- to‘lov infratuzilmasini yaxshilash;
- xalqaro tizimlar bilan integratsiya qilish;
- yagona to‘lov makonini yaratishga chaqirilgan. 
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2742
My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 6
Oxirgi yangilanish: 28 Mart 2024, 12:02 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech