Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Toshkent metropolitenida yo‘l haqini kontaktsiz to‘lash tartibi tajriba tariqasida ishga tushirildi

Toshkent metropolitenida yo‘l haqini kontaktsiz to‘lash tartibi tajriba tariqasida ishga tushirildi
7 Aug 2019 16:53
Toshkent metropolitenida yo‘l haqini kontaktsiz to‘lash tartibi tajriba tariqasida ishga tushirildi

Joriy yilning 7 avgust kuni Banklararo milliy protsessing markazi Toshkent metropoliteni va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda metroda yo‘l haqini HUMO kartalari orqali to‘lash tartibini tajriba tariqasida ishga tushirdi.

2019 yil 7 avgust, Toshkent shahri – Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) metroda yo‘l haqini HUMO kartalari orqali kontaktsiz tarzda to‘lash bo‘yicha tajriba loyihasini boshlab yubordi. Yo‘l haqini kontaktsiz tarzda to‘lash BMPM, Toshkent metropoliteni va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamkorligidagi sa’y-harakatlari orqali joriy etildi.

Yo‘l haqini HUMO bank kartasi orqali kontaktsiz tarzda to‘lash uchun turniket Chilonzor yo‘lining “Xalqlar do‘stligi” metro bekatida o‘rnatildi. Ayni paytda u tajribatariqasida ishlamoqda. To‘lovni ushbu usul bilan “Plati kartoy HUMO.HUMO kartasi bilan to’lang” maxsus tablichka o‘rnatilgan turniket orqali, kartani o‘qish moslamasiga qo‘ygan holda amalga oshirish mumkin 

“Ushbu ijobiy tajriba avgust oyi yakuniga qadar bizga yo‘l haqini kontaktsiz tarzda to‘lash tartibini poytaxt metropolitenining barcha bekatlarida joriy etish imkonini yaratib beradi, deb umid qilib qolamiz.Kontaktsiz tarzda to‘lov imkonini xalqaro to‘lov tizimlari kartalari foydalanuvchilari uchun ham joriy etish kelgusidagi rejalarimizdan o‘rin olgan”, – deydi BMPM direktori Shuhratbek Qurbonov. 

Yo‘l haqini HUMO bank kartasi orqali to‘lagan holda yo‘l jetonlarini xarid qilish, zarur summani qidirish va qaytimni kutish uchun vaqt sarflanmaydi. Yangi texnologiya tig‘iz paytlarda eng talabgor bekatlarda yanada samaralidir. Bunday sharoitlarda yo‘lovchi kassada jeton xarid qilish o‘rniga yo‘l haqini turniket orqali kontaktsiz tarzda to‘lashni tanlagan holda kuniga 8 daqiqagacha vaqt tejaydi.

Kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda metroda bir marta yurish qiymati jeton qiymatiga teng. Yo‘l haqini turniket orqali to‘lash metropoliten xizmatlaridan kam foydalanadigan yo‘lovchilar uchun ham qulay
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1437
My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - hech kim
Oxirgi yangilanish: 24 Aprel 2024, 23:58 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech