Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

UZCАRD va HUMO kartalari uchun terminallar yagona tizimiga oʼtadi

UZCАRD va HUMO kartalari uchun terminallar yagona tizimiga oʼtadi
13 Apr 2021
UZKАRD va HUMO toʼlov tizimlari hamkorlik toʼgʼrisida Memorandumga imzo chekdilar. Hujjat Oʼzbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirishga hissa qoʼshadigan qoʼshma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Imzolangan memorandum doirasidagi ilk loyihaga koʼra, kompaniyalar infratuzilmalarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi boʼladi.


«Infratuzilmalarning integratsiyasi karta egalari, banklar va biznes egalariga sezilarli foyda keltiradi. Xaridorlarning savdo nuqtalariga kelgach qaysi terminallardan foydalanish mumkinligi haqidagi oʼylari yoʼqoladi, tadbirkorlar esa ikkala kartadan toʼlovlarni bitta terminal orqali qabul qilishlari mumkin boʼladi. Shuni taʼkidlashni istardimki, UZKАRD va HUMO Oʼzbekistonning toʼlov xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratishda davom etadi”, — dedi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.


Toʼlov tizimlarining yaqin hamkorligi bozor talablariga tezroq javob berishga va innovatsion yechimlarni yanada samarali amalga oshirishga imkon beradi. 2021 yil oxiriga qadar terminallar ikkala turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi kutilmoqda.

«UZKАRD va HUMO oʼrtasidagi hamkorlik moliyaviy xizmatlarni fuqarolar uchun qulayroq va arzonroq qilish, shuningdek, mamlakatning chekka hududlarida ham aholining moliyaviy savodxonligini rivojlantirish va yaxshilashga yordam beradi. Bu, oʼz navbatida, kompaniyalarni yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga, toʼlov biznesini rivojlantirishga va xizmat koʼrsatish sifatini oshirishga undaydi. Bundan tashqari, bu halol raqobatni rivojlantirishga va moliyaviy texnologiyalar bozorida yangi ishtirokchilarning paydo boʼlishiga yordam beradi», — deya, izoh berdi UZCARD bosh direktori Farrux Ziyaev.


Shuningdek, memorandum doirasida kompaniyalar quyidagi yoʼnalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:

 — karta egalari, banklar, toʼlov tashkilotlari va chakana savdo nuqtalarining manfaatlarini himoya qilish;

 — naqdsiz toʼlovlarni ragʼbatlantirish uchun texnologiyalarni takomillashtirish va infratuzilmani kengaytirish;

 — toʼlov infratuzilmasining ishonchliligi va axborot xavfsizligini taʼminlash boʼyicha loyihalarni amalga oshirish.

Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) haqidagi yangiliklar va batafsil maʼlumotlarni https://rpst.uz/bKq veb-saytidan olishingiz mumkin

Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) haqidagi yangiliklar va batafsil maʼlumotlarni https://rpst.uz/bKn veb-saytidan olishingiz mumkin

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 125
My.gov.uz
Hozir saytda: ro'yxatdan o'tganlar - 0,
mehmonlar - 1
Oxirgi yangilanish: 5 May 2021, 21:27 (GMT+5)
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech