Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

VISA kartalari bo’yicha to'lovlar endi HUMO terminallarida

VISA kartalari bo’yicha to'lovlar endi HUMO terminallarida
18 Dec 2019 20:01
Joriy yilning 18 dekabr kuni Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) Visa global to'lov texnologiyalari kompaniyasi bilan birgalikda HUMO tizimida xalqaro Visa kartalari bilan to'lovlarni qabul qilish boshlanganligi to'g'risida e'lon qildi.

Endi Visa karta egalari butun mamlakat bo'ylab tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni 176000 dan ortiq HUMO to'lov terminallarida to'lashlari mumkin.

"Biz har doim karta egalariga eng zamonaviy va qulay yechimlarni taqdim etishga intilamiz, shu sababli biz O'zbekistonda HUMO terminallari tarmog'ida xalqaro Visa kartalari bo'yicha to'lovlarni qabul qilishni boshlaganimizdan xursandmiz. Ishonchim komilki, endi bizning tarmog'imiz Visa kartalarini qabul qilishga qadar kengaygan ekan, bu O'zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish uchun qo'shimcha turtki bo'lib, chet ellik mehmonlar uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi ”, - deydi MBPM direktori Qurbonov Shuxratbek.

“Qabul qilish tarmog'ining rivojlanishi O'zbekistonda naqd pulsiz to'lovlarni ommalashtirish va zamonaviy to'lovlar ekotizimini yaratish uchun muhimdir. Biz Visa kartalarini bankomat tarmog'ida qabul qila boshlaganimizdan so'ng, bugungi kunda hamkorlikni kengaytirayotganimizdan va Visa kartalarini qabul qilish uchun HUMO terminal tarmog'ini ochayotganimizdan xursandmiz. Ishonchim komilki, bu qadam savdo va xizmat ko'rsatish korxonalari hamda hamkor banklarimiz uchun biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitoblarni O'zbekiston fuqarolari uchun yanada qulayroq qiladi ", dedi Markaziy Osiyodagi Visa  Bosh menejeri Aliya Chinibayeva.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 894
My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 7
Oxirgi yangilanish: 28 Mart 2024, 12:02 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech