Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Xavfsizlik tasdiqlandi

Xavfsizlik tasdiqlandi
2 Aug 2019

Xavfsizlik tasdiqlandi: HUMO to‘lov tizimiga PCI DSS Ma’lumotlar xavfsizligi standarti sertifikati berildi.


BMPM tekshiruvdan muvaffaqiyatli ravishda o‘tdi va PCI DSS Xalqaro xavfsizlik standarti talablariga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Standart talablari Visa va MasterCard xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlovchi barcha kompaniyalarga nisbatan tatbiq etiladi.



        2019 yil 02 avgust, Toshkent shahri – 2019 yilning iyul oyida Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) sertifikatlash auditi yakunlariga ko‘ra 3.2.1 versiyadagi PCI DSS (Payment Card Industry Data Security Standard) xavfsizlik talablariga xalqaro muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi.Tekshiruv davomida BMPM xalqaro standartdagi axborot xavfsizligi yuqori talablariga to‘liq muvofiq kelishini ko‘rsatdi va HUMO to‘lov tizimi ma’lumotlar himoyasi yuqori darajasini tasdiqladi.
 
“Biz to‘lov kartalari ma’lumotlarining axborot xavfsizligi va maxfiyligi masalalariga katta e’tibor qaratamiz, bularni ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘ramiz. Yagona xalqaro xavfsizlik standarti biz ko‘rsatadigan xizmatlarning yuqori sifatini tasdiqlaganligi xaqida xabar qilishdan mamnunmiz. Biz global, xavfsiz va ishonchli infratuzilma qismi bo‘lganligimizdan faxrlanamiz”, – deydi Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) direktori Shuhratbek Qurbonov.

Olingan 3.2.1 versiyadagi PCI DSS muvofiqlik sertifikati barcha qabul qilinadigan, saqlanadigan va ishlanadigan ma’lumotlar ulardan ruxsatsiz foydalanish harakatlaridan yuqori darajada himoyalanganligini, to‘lovlarni o‘tkazish tizimi esa barcha xavfsizlikni ta’minlash talablariga to‘liq muvofiq kelishini kafolatlaydi.


Ma’lumot uchun
PCI DSS yagona xalqaro xavfsizlik standarti Visa, MasterCard, American Express, Japan Credit Bureau va Discover Card tizimlari tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, tashkilot axborot infratuzilmasiga o‘tkaziladigan, u yerda saqlanadigan va ishlanadigan to‘lov kartalari saqlovchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 12 ta batafsil talablar yig‘indisidan iborat.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 22
My.gov.uz
Hozir saytda: ro'yxatdan o'tganlar - 0,
mehmonlar - 1
Oxirgi yangilanish: 18 Sentyabr 2019, 15:00 (GMT+5)
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech