«Milliy banklararo protsessing markazi» MChJ
Veb ilovalari xavfsizlik devori (WAF- Web Application Firewall) tizimini xarid qilish boʼyicha dastlabki takliflarni oʼrganish maqsadida tijorat takliflari qabul qilinishini maʼlum qiladi.
Tizim dasturiy yoki apparat-dasturiy taʼminot shaklida taklif qilinishi va quyidagi masalalarni hal qila olishi zarur:
• Mavjud ilova serverlari uchun WAF tizimi shlyuz vazifasini bajaruvchi shaffof rejimda ishlash imkoniyati;
• WAF tizimida mijozlar soʼrovlarini HTTP/HTTPS protokollari darajasida “Foydalanuvchi nomi Base64 - IP manzil” bogʼlamasi doirasida muvofiqligini tekshira olish imkoniyati;
• Mavjud tizimlarning HTTP/HTTPS soʼrovlari tarkibiy kismi maʼlum chegara qiymatlari buzilgan xolatlarni aniqlash va blokirovka qilish imkoniyati. Mavjud tizimlarning himoyalanadigan chegara qiymatlari, maʼlum parametrlarga asosan oldindan belgilanadi.
• OWASP Top 10 zaifliklar roʼyxati boʼyicha nojoʼʼya harakatlarni aniqlashga toʼliq muvofiqlik.
Savollar va tijorat takliflari 2024 yil 26 yanvargacha info@nmpc.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.