Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Onlayn NKM

HUMO to'lov tizimi bilan integratsiya jarayonidan

o'tgan va HUMO milliy to'lov tizimi kartalari o'rqali

to'lov qabul qila oladigan Onlayn-NKM uskunalar

ro'yxati keltirilgan.




Deck-35001.jpg
Ingenico Desk 3500

  •           Yangi avlod terminallarida toʼlovlar takliflarini boshqarish
  •           NFC toʼlovlar: qulay isteʼmol tajribasi
  •           Xavfsizlikning eng qatʼiy talablariga mos ekanligi
  •           Qulay karta riderlari va ilovalar menyusi tufayli toʼlov jarayonining qulayligi

Desk 3500 uzluksiz toʼlovning noyob tajribasini taklif etadi. Terminal TELIUM ilovalarini boshqaradi va kelajak
xavfsizligi standartlariga javob beradi. Terminal NFC, EMV Chip&PIN, magnit va kontaktsiz bank kartalari
yordamida toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Terminal Desk 3500 Ethernet va modem orqali aloqa
kanallari, shuningdek simsiz aloqa kanallari: GPRS, Dual SIM - bilan jixozlangan boʼlib, ular aloqa uchun
sarf-xarajatlarni maqbullashtirish imkoniyatini beradi. Desk 3500 terminallari kartalarni oʼqish zonalari qulay
joylashgani tufayli kontaktsiz toʼlovlar jarayonini jadallashtiradi va bu oʼz-oʼzidan tranzaktsiyalarning umumiy
oqimi tezligi koʼpayishiga sabab boʼladi.
Texnik xizmat koʼrsatish markazi (TXM): Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ”Аxborotlashtirish Bosh markazi” DUK
(https://mbabm.uz/ru/technical-support/online-cash-register-machine/)



move 2500.jpg
Ingenico MOVE 2500

  •           Elektr yuqligida va tarmoq nosozliklari roʼy berganda toʼlovlar qilish imkoni mavjudligi
  •           NFC yordamida toʼlovlar
  •           Ishonchli, samarali, arzon va xavfsiz

MOVE 2500 – maqbul toʼlov tajribasi. Bu ixcham simsiz terminal xar qanday biznesda ideal yordamchidir,
ixchamligi va avtonom ishlash imkoni borligi uchun ulardan doʼkonda xam, dala sharoitlaridagi koʼchma
savdoda xam foydalanish mumkin. Move 2500 toʼlov xavfsizligining eng qatʼiy standartlariga javob beradi,
xavfsizlikning eng soʼnggi PCI PTS 5.x talablari boʼyicha muvofiqlik sertifikatiga ega. Bu terminal NFC, EMV Chip&PIN,
magnit va kontaktsiz bank kartalari yordamida toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Dasturiy taʼminotning
muntazam yangilanib turishi va kundalik qoʼllab-quvvatlash bu terminalning muammosiz ishlashini taʼminlaydi.  
Texnik xizmat koʼrsatish markazi (TXM): Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ”Аxborotlashtirish Bosh markazi” DUK
(https://mbabm.uz/ru/technical-support/online-cash-register-machine/)

SmartOne.jpg

SmartOne P1000 / P2000L / BANK PRO (Android)

  •           Kompleks yechim
  •           NFC yordamida toʼlovlar
  •           Xavfsizlikning eng soʼnggi talablariga javob beradigan qulay sensorli ekran
  •           POS terminal onlayn NKM kabi, 3 tasi 1 da yoki 4 tasi 1 da ishlay oladi

SmartOne Bank mobil kassasi kichik va oʼrta biznesda, shuningdek, xar qanday xizmat koʼrsatish soxalarida
toʼlovlarni qabul qilish vositasi sifatida foydalanishga moʼljallangan. Mobil kassa oʼlchamlari ixchamligi va kaftda
qulay joylashishi uni kurьerlik xizmatlarida va logistik kompaniyalarda samarali ishlatilishiga yordam beradi.
Kassa toʼlovlarni qabul qilish va assortiment bilan ishlash uchun zarur boʼladigan barcha dasturiy taʼminot bilan
jixozlangan. Qurilma s5” displeyli Android bazasida, 7,6v 4000/3000/2500 mAh kuchli akkumulyatori bilan,
oʼrnatilgan 1D/2D shtrix kod skanerli va toʼlovlarni NFC, EMV Chip&PIN, magnit va kontaktsiz bank kartalari
yordamida toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Texnik xizmat koʼrsatish markazi (TXM): “Smart One Club” MCHJ (https://smartone.uz/)

Tactilion P2000L.jpg

Tactilion P2000L (Android)

  •           Toʼliq onlayn toʼlov terminali va “Engillashtirilgan dasturiy taʼminot” tizimi boʼyicha ishlaydigan NKM
  •           NFC yordamida toʼlovlar
  •           Xavfsizlikning eng soʼnggi talablariga javob beradigan qulay sensorli ekran
  •           POS terminal onlayn NKM kabi, 2 tasi 1 da yoki 3 tasi 1 da ishlay oladi

Tactilion P2000L – ishonchli Android terminal boʼlib, “Engillashtirilgan dasturiy taʼminot” noyob texnologiyasi boʼyicha ishlaydi.
Bu simsiz terminal xar qanday biznesda ideal yordamchidir, batareyasining yuqori hajmli ekanligi tufayli undan doʼkonda xam,
yetkazib berish sohasida xam foydalanish mumkin. Bu terminal toʼlov xavfsizligining eng qatʼiy standartlariga javob beradi,
xavfsizlikning eng soʼnggi PCI PTS 5.x talablari boʼyicha muvofiqlik sertifikatiga ega. Bu terminal NFC, EMV Chip&PIN,
magnit va kontaktsiz bank kartalari yordamida toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. “Engillashtirilgan dasturiy taʼminot”
texnologiyasi terminal ishini koʼp qirrali takomillashtirish va terminal dasturiy taʼminotini bir laxzada yangilash imkoniyatini beradi.
Texnik xizmat koʼrsatish markazi (TXM): “Nadeks-Service” MCHJ
(https://nadeks.uz/katalog/kassa/)

Uzkassa N5.jpg
UZKASSA N5 (Android)

  •           “Uzkassa” Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan va uning hududida tayyorlanadi
  •           NFC yordamida toʼlovlar
  •           Ixcham, qulay onlayn NKM + POS terminal

Uzkassa N5 – toʼlovlar xizmatlari sohasida zamonaviy yondashuvni taklif etadi. Bu simsiz terminal xar qanday biznesda
ideal yordamchidir, batareyasining yuqori hajmli ekanligi tufayli undan doʼkonda xam, dala sharoitlaridagi koʼchma savdoda
xam foydalanish mumkin. Uzkassa N5 toʼlov xavfsizligining eng qatʼiy standartlariga javob beradi, xavfsizlikning eng soʼnggi
PCI PTS 5.x talablari boʼyicha muvofiqlik sertifikatiga ega. Bu terminal NFC, EMV Chip&PIN, magnit va kontaktsiz bank
kartalari yordamida toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Terminalda mobil aloqani xam, shuningdek, Wi-Fi,
Bluetooth tizimlarini qoʼllab quvvatlash mavjud.
Texnik xizmat koʼrsatish markazi (TXM): “SPECIAL TEXNOSOFT” MCHJ
(https://support24.uz/)

Cashbox.jpg

CASHBOX (Android)


CASHBOX – chegarasiz imkoniyatlarga ega boʼlgan ixcham onlayn kassa: nazorat-kassa mashinasi + bank terminali.
Oflayn va onlayn rejimlarida ishlaydi. Terminal biznesni avtomatlashtirish, shuningdek ombor hisobini yuritish,
kassirlarni nazorat qilish va hisobotni yuritish imkoniyatlariga ega. Qulay sensorli ekran kassirga tez va samarali
ishlash imkoniyatini beradi. Bu terminal NFC, EMV Chip&PIN, magnit va kontaktsiz bank kartalari yordamida
toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Texnik xizmat koʼrsatish markazi (TXM): “TSS CENTER” MCHJ
(https://www.cashbox.uz/)

“HUMO” milliy toʼlov tizimi bilan Ingenico terminallari orqali ishlaydigan NKMlari:



merkuriy 115.jpg

MERKURIY-115F-UZ

NKM ixcham kassa mashinalari turkumiga kiradi, jami kassa operatsiyalarini, shuningdek, xisob, nazorat operatsiyalarini,
xisobot xujjatlari tuzilishini bajaradi va bir kassirning ishini taʼminlaydi. NKM quvvatni 220v kuchlanishli tarmoqdan xam,
oʼziga oʼrnatilgan akkumulyatordan xam olishi NKMni kichik savdo shaxobchalarida, palatkalarda va lotoklarda xam
bemalol ishlashini taʼminlaydi. Аkkumulyatorning ishlash vaqti qayta quvvatlantirilmagan holatda 30 soatni tashkil etadi.
“Humo” kartalari boʼyicha ishlash imkoniyati smart pin-pad Ingenico Lane3000, IPP320 yoki Ingenico Desk 3500
yoki Move 2500 qurilmalaridan foydalanilgandagina mumkin boʼladi.
Texnik xizmat koʼrsatish markazi (TXM): “Onlinekassa” MCHJ (oaofoton.uz/)


Orion 002.jpg

ORION-105F-UZ

Universal NKM barcha kassa operatsiyalarini, xisobga olish va nazoratni, chek chop etishni, xaridlar elektron jurnalini,
hisobot xujjatlarini bajaradi. Mashina 2 ta kassirni bir vaktda ishlashiga va 4 ta boʼlimga xizmat koʼrsatishga moʼljallangan,
oddiyligi va ishlatishga qulayligi, yuqori tezlikda chop etishi bilan ajralib turadi va tarmoqdagi kuchlanishni sezilarli
tebranishi vaqtida xam barqaror ishlashni taʼminlaydi. Quvvatni oʼziga oʼrnatilgan 6v kuchlanishli akkumulyatordan
va NKM jamlanmasiga kiruvchi elektron blok orqali 220v kuchlanishli tarmoqdan oladi.
“Humo” kartalari boʼyicha ishlash imkoniyati smart pin-pad Ingenico Lane3000, IPP320 yoki Ingenico Desk 3500 yoki
Move 2500 qurilmalaridan foydalanilgandagina mumkin boʼladi.
Texnik xizmat koʼrsatish markazi (TXM): “Onlinekassa” MCHJ (oaofoton.uz/)

Semurg.jpg

SIMURG 001

Oddiy va ishlatishga qulay zamonaviy onlayn kassa mashinasi boʼlgan SIMURG 001 iqlim oʼziga xosliklarini,
talablarini eʼtiborga olgan holda Oʼzbekistonda ishlab chiqilgan va tayyorlanadi. Savdo, umumiy ovqatlanish
va xizmat koʼrsatish sohasi korxonalarida muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. SIMURG 001 Wi-Fi va Ethernet (LAN)
bazaviy funktsionaliga ega, shuningdek maʼlumotlarni xar qanday mobil tarmoqlarda uzatish uchun modem bilan
jixozlanishi mumkin. Foydalanuvchi uni kompyuter, planshet, shuningdek skaner, USB klaviatura, Micro SD cards,
USB flesh jamlagich va fiskal maʼlumotlarni jamlash va uzatish bloki bilan birlashtirish imkoniyatiga ega. Shuningdek,
qurilmada toʼlov shakllarini aniqlash imkoniyati koʼzda tutilgan: naqd, plastik karta, korporativ plastik karta yoki ikkala
toʼlov turlari orqali aralash toʼlovni amalga oshirish.
“Humo” kartalari boʼyicha ishlash imkoniyati smart pin-pad Ingenico Lane3000, IPP320 yoki Ingenico Desk 3500 yoki
Move 2500 qurilmalaridan foydalanilgandagina mumkin boʼladi.
Texnik xizmat koʼrsatish markazi (TXM): “Garov taraqqiyot NKM” MCHJ (https://txkm.uz/)




Foydalanuvchini qo'shish bo'yicha qo'llanma
Hajmi: 11.31 МБ
Format: pdf

E'lon
Hajmi: 192.52 КБ
Format: pdf

Mahsulotlarni qo'shish bo'yicha qo'llanma
Hajmi: 10.08 МБ
Format: pdf

Sotuv bo'yicha qo'llanma
Hajmi: 16.96 МБ
Format: pdf


Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 2 December 2024, 12:21 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech