Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

To'lov tizimi haqida

To‘lov tizimi haqida

«HumoCard» – bank to‘lov kartalariga asoslangan Humo to‘lov tizimi O‘zbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib,O‘zbekiston to‘lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

To‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va/yoki to‘lov tashkilotlarining ushbu to‘lov tizimi operatori tomonidan o‘rnatilgan tartib-taomillar, infratuzilma va qoidalarni qo‘llash orqali o‘zaro hamkorligi yo‘li bilan to‘lovlarni amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmui to‘lov tizimi hisoblanadi.

Humo – davlat xududida pul harakatini va xorijiy to‘lov tizimlari bilan o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydigan hisob-kitoblar ishtirokchilari, to‘lov instrumentlari va vositalari, dasturiy-texnik vositalar, shuningdek, banklararo pul o‘tkazmalari tizimlari majmuidir.

To‘lov tizimining Operatori «Milliy banklararo protsessing markazi» («Milliy banklararo protsessing markazi») AJ bo‘lib, u O‘zbekistonda xorijiy valyutada amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlar kliringini, shuningdek, «HumoCard» to‘lov tizimi doirasida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha protsessing funksiyalarini bajaradi. «HumoCard» to‘lov tizimida milliy valyutada hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob Kliring markazi amalga oshiradi.

Humo to‘lov tizimining Operatori xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, MasterCard, Union Pay International) bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Natijada Humo bank kartalari bilan xorijda chet el valyutasida operatsiyalarni o‘tkazish va yuqorida keltirilgan tizimlarning xorijiy banklarning kartalari orqali O‘zbekistonda operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Banklarning «HumoCard» to‘lov tizimiga a’zo bo‘lishi ixtiyoriydir.


O'zbekiston bo'ylab 184000dan
ortiq terminal o'rnatilgan
O'zbekiston bo'ylab 6400 dan
ortiq bankomat
30 milliondan ortiq
kartalar chiqarildi
50000 so'mgacha
bo’lgan kontaktsiz to'lovga PIN-KOD talab etilmaydi
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 12 October 2024, 15:15 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech