HUMOPay kontaktsiz toʼlovlar xizmati NFC texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu toʼlov turidan foydalanish uchun smartfonda NFC texnologiyasi mavjud boʼlishi va u Android operatsion tizimida ishlashi kerak.
Mazkur texnologiyadan foydalanish uchun ushbu xizmatni joriy etgan tijorat bank ilovasini yuklab olish (yoki eng soʼnggi versiyasiga yangilash) va kartani telefonga ulash lozim. Bunda HUMO kartasi istalgan bankda ochilgan boʼlishi mumkin.
HUMOPay toʼlov texnologyaisi yordamida kartadan foydalanmagan holda, toʼlov uchun telefondan foydalanish imkoniyati yaratildi. Buning uchun mobil telefon Internetga bogʼlangan boʼlishi xam shart emas (faqat kartani ulagan paytda xolos), shu bois hatto metroda ham toʼlovni amalga oshirish mumkin. Terminal uni oddiy karta deb biladi.
Xozirgi kunda ushbu xizmat tijorat banklarining quyidagi ilovalarida mavjud:
🔹 Agrobankdan Agrobank Mobile;
🔹 Asia Alliance Bankdan Alliance Mobile;
🔹 Anor Bankdan Anorbank;
🔹 Kapitalbankdan Kapitalbank;
🔹 Asakabankdan Asaka Mobile;
🔹 Click Evolution;
🔹 Davrbankdan Davr Mobile;
🔹 Hamkor Bankdan Hamkor mobile;
🔹 Ipak Yo'li Bankdan Ipak Yo'li Mobile;
🔹 NBU dan Milliy;
🔹 Mikrokreditbankdan MKB Mobile;
🔹 Multicard;
🔹 KDB Bankdan MultiPay;
🔹 Orient Finans Bankdan OFB Mobile;
🔹 Paymo.uz dan PulPul;
🔹 Qishloq qurilish bankdan QQB Mobile va Quant;
🔹 Savdogar Bankdan Savdogar Mobile;
🔹 Tengebankdan Tenge24;
🔹 UzPSB dan UzPsb Mobile va Joyda;
🔹 Ziraat Bankdan Ziraat Mobile Uzbekistan;
🔹 Aloqabankdan Zoomrad.