Hurmatli foydalanuvchilar!
SMS-xabarnoma haqida
"Milliy Banklararo Protsessing Markazi" AJ SMS-xabar berish xizmatini taqdim etadi.
Ushbu xizmat HUMO karta egalariga SMS-xabarlar orqali kartadagi mablag‘lar harakati to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi.
Xizmatni ulash uchun quyidagilarni bajarish lozim:
• karta ochilayotganda bank xodimlariga SMS-xabarnomani ulash istagingizni bildiring;
• yoki (agar karta allaqachon chiqarilgan bo‘lsa) xizmat ko‘rsatuvchi bankka tashrif buyurib, joriy telefon raqamingizni xabar qiling.
Raqam formati: +998 XX YYYYYYY (bunda XX - operator kodi, YYYYYYY - telefon raqami).
Xizmat ta’minotchisi - "Octotelecom" MCHJ.
https://octotelecom.uz/ru/offer-1/
Bir martalik olti raqamdan iborat OTP- xavfsizlik kodlari SMS-xabarlar bilan 3131 qisqa raqami orqali yuboriladi.
OTP-xizmati quyidagi holatlarda talab etiladi:
✔️ Banka yoki to‘lov tashkilotining yangi ilovasiga kartani ulash.
✔️ Veb-saytlarda bank kartasi orqali onlayn-tranzaksiyalarni tasdiqlash.
OTP-kodlarni olish shartlari:
📌 OTP-kod faqat kartaning bog‘langan mobil raqamida ijobiy balans mavjud bo‘lganda yuboriladi.
📌 SMS-xabar yuborish xizmati "Octotelecom" MCHJ tomonidan ko‘rsatiladi.
📌 SMS-xabar yuborish qiymati kontent-provayder tariflariga muvofiq belgilanadi.
🔗 Jamoat ofertasi bilan tanishish uchun havolaga o‘ting:
https://octotelecom.uz/ru/oferta/
https://octotelecom.uz/en/offer/
⚠️ Muhim ma’lumot:
✅ OTP-kod maxfiy ma’lumot hisoblanadi. Uni hech qachon uchinchi shaxslarga bermang, hatto agar ular o‘zini bank yoki to‘lov tizimi xodimi deb tanishtirsa ham! Agar kimdir sizdan OTP-kodni so‘rasa – bu firibgarlik xolati bo‘lishi mumkinligini unutmang!
✅ OTP-kod sizning to‘lov xavfsizligingizni ta’minlaydi va kartangizni noqonuniy foydalanishdan himoya qiladi.