Maʼlumotlarni saqlash tizimi qurilmasini sotib olish boʼyicha dastlabki takliflarni oʼrganish
«Milliy banklararo protsessing markazi» MChJ
Maʼlumotlarni saqlash tizimi qurilmasini sotib olish boʼyicha dastlabki takliflarni oʼrganish maqsadida tijorat takliflari qabul qilinishini maʼlum qiladi.
Tijorat takliflari 2023 yil 14 avgustgacha info@nmpc.uzelektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Maʼlumotlarni saqlash tizimi qurilmasiga qoʼyilgan texnik talablar
1. Maʼlumotlarni saqlash qurilmalari borasida dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining boshqaruv blokini almashtirmasdan saqlash hajmini kengaytirish imkoniyatiga ega boʼlgan tizim.
2. Maʼlumotlarni saqlash turi – blokli.
3. Maʼlumotlarni saqlash ishonchliligini taʼminlash – RAID 6 turi asosida.
4. Dastlabki zaruriy saqlash hajmi – kamida 250 TB ( RAID 6 dan keyin "toza" hajm)
5. Saqlash hajmini oshirish imkoniyati – kamida 3000 TB
6. Quvvat manbalari soni – kamida 2ta.
7. Zarur tarmoq interfeyslari soni:
a) FC 16/32 Gb – ikkita kontroller (har biri 2 portlik), transiverlar bilan birga.
b) DAS – server uskunalari bilan aloqa qilish uchun kabellar – kamida 2 x 1,5 metr
c) Ethernet 1 GB – boshqarish uchun port
8. Maʼlumotlarni saqlash tizimi qurilmasini boshqarish dasturi (toʼliq versiyada)
9. Ishlab chiqaruvchidan avtorizatsiya va qurilmaga 3 yil davomida rasmiy kafolat.