Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

«MBPM» AJ DLP tizimiga texnik xizmat ko‘rsatishni uzaytirish bo‘yicha yetkazib beruvchini tanlash uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

«MBPM» AJ DLP tizimiga texnik xizmat ko‘rsatishni uzaytirish bo‘yicha yetkazib beruvchini tanlash uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.


DLP tizimiga texnik xizmat ko‘rsatishni uzaytirish to‘g‘risida


Ishtirok etish imkoniyati:

Yetkazib beruvchi o‘z imkoniyatlari va ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega. Tijorat taklifida ishtirokchi xizmat ko‘rsatish shartlari va qiymatini aniq ko‘rsatishi shart.


Loyiha asoslanishi:

Axborot resurslarini nazorat qilish va muhofaza qilish, foydalanuvchilar harakatini monitoring qilish hamda maxfiy ma’lumotlar szib chiqishining oldini olish uchun qo‘llaniladigan Falcongaze SecureTower ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish (DLP) tizimining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish zarur.

Texnik xizmat ko‘rsatishning uzaytirilishi DLP tizimining uzluksiz ekspluatatsiyasini ta’minlash hamda ishlab chiqaruvchi/yetkazib beruvchi tomonidan malakali texnik yordam olish imkoniyatini saqlab qolish imkonini beradi.


Tanlovning maqsadi:

Texnik kuzatuv tajribasiga ega va DLP tizimiga texnik xizmat ko‘rsatishni belgilangan muddatlarda ta’minlay oladigan malakali yetkazib beruvchini tanlash.


Tanlov predmeti:

Tanlov doirasida DLP Falcongaze SecureTower’ning 250 ta litsenziyasi uchun texnik xizmat ko‘rsatishni uzaytirish nazarda tutilgan.

Texnik xizmat ko‘rsatish dasturiy ta’minot yangilanishlarini o‘z vaqtida olish, yuzaga keladigan texnik nosozliklarni bartaraf etish, mutaxassislar konsultatsiyasini olish hamda tizimni dolzarb va ishchi holatda ushlab turishni ta’minlash uchun zarurdir.


Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

— axborot xavfsizligi yechimlarini yetkazib berish va kuzatib borish tajribasining mavjudligi;

— malakali mutaxassislarning mavjudligi;

— rasmiy texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash imkoniyati;

— amalga oshirilgan loyihalar va yetkazib berishlar portfoliosining mavjudligi.


Ishtirokchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar:

Tanlovda ishtirok etuvchi tashkilotlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

  • IT-yechimlarni yetkazib berish va qo‘llab-quvvatlash sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • tanlovda ishtirok etish vaqtida haqiqiy faoliyatni amalga oshirayotgan bo‘lishi;
  • korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishi;
  • Majburiy ijro bürosidan (MIB) ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma taqdim etishi;
  • soliq organlaridan soliq qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma taqdim etishi;
  • ko‘rsatilgan talablarga muvofiqlikni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etishi.


O‘tkazish shakli:

Ochiq tanlov.

Tijorat takliflarini topshirish muddati:

2026-yil 25-sentabrga qadar (shu kuni ham).


Arizalarni topshirish tartibi:

Tijorat takliflari elektron shaklda tender@nmpc.uz manzili bo‘yicha qabul qilinadi.





 
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 9 октября 2026, 15:03 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech