“Milliy Banklararo Protsessing Markazi” AJ HUMO rebrending loyihasini kommunikatsion qo‘llab-quvvatlash uchun PR-agentlikni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
Loyihaning asoslanishi:
“Milliy Banklararo Protsessing Markazi” AJ HUMO to‘lov tizimini rebrending qilish loyihasini amalga oshirish va uni kompleks kommunikatsion qo‘llab-quvvatlash zarurati munosabati bilan PR-agentlikni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.
PR-agentlikni jalb qilishdan asosiy maqsad rebrending jarayonini samarali kommunikatsion qo‘llab-quvvatlash, ommaviy axborot vositalari va fikr yetakchilari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, loyiha amalga oshirilayotgan davrda inqirozga qarshi kommunikatsion tayyorgarlikni ta’minlash hamda yangilangan HUMO brendi atrofida barqaror ijobiy axborot muhitini shakllantirishdan iborat.
Tanlov maqsadi:
Kommunikatsion strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, PR-loyihalarni yuritish, ommaviy axborot vositalari va fikr yetakchilari bilan ishlash bo‘yicha tegishli tajribaga ega bo‘lgan hamda Buyurtmachi talablariga muvofiq xizmatlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish imkoniyatiga ega malakali PR-agentlikni tanlash.
Batafsil texnik talablar, xizmatlar hajmi, kutilayotgan natijalar va samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari texnik topshiriqda keltirilgan.
Tanlov shakli:
Ochiq tanlov.
Tijorat takliflarini taqdim etish muddati:
2026-yil 7-avgust kuniga qadar, shu kun ham qo‘shilgan holda.
Arizalarni taqdim etish tartibi:
Tijorat takliflari elektron shaklda quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: tender@nmpc.uz.
Texnik topshiriq va to‘ldirish uchun shakl alohida fayllar sifatida ilova qilinadi.
“Milliy Banklararo Protsessing Markazi” AJ barcha manfaatdor PR-agentliklarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

