“Milliy Banklararo Protsessing Markazi” AJ radiostansiyalarda reklama joylashtirish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
Loyihaning asoslanishi:
“Milliy Banklararo Protsessing Markazi” AJ kompaniya faoliyati, mahsulot va xizmatlari to‘g‘risida keng auditoriyani xabardor qilish, brend taniluvchanligini oshirish hamda marketing kommunikatsiyalarini samarali tashkil etish maqsadida radiostansiyalarda reklama materiallarini joylashtirish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.
Loyihani amalga oshirish orqali maqsadli auditoriyani qamrab olish, reklama kampaniyalarini belgilangan davrlarda samarali joylashtirish, radiostansiyalar va vaqt oraliqlarini maqsadli auditoriyaga muvofiq tanlash hamda reklama kampaniyasini samarali rejalashtirish ko‘zda tutiladi.
Tanlov maqsadi:
Radiostansiyalarda reklama joylashtirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan, Buyurtmachi talablariga muvofiq xizmatlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish imkoniyatiga ega malakali pudratchi tashkilotni tanlash.
Batafsil texnik talablar texnik topshiriqda keltirilgan.
Tanlov shakli:
Ochiq tanlov.
Tijorat takliflarini taqdim etish muddati:
2026-yil 6-iyul kuniga qadar, shu kun ham qo‘shilgan holda.
Arizalarni taqdim etish tartibi:
Tijorat takliflari elektron shaklda quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: tender@nmpc.uz.
Texnik topshiriq va to‘ldirish uchun shakl alohida fayllar sifatida ilova qilinadi.
Agentlik brifingda ko‘rsatilgan narxlarni 12 oy davomida o‘zgartirmaslik masuliyatini bo'yniga oladi.
“Milliy Banklararo Protsessing Markazi” AJ barcha manfaatdor tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

