Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

"Milliy banklararo protsessing markazi" AJ suratga olish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

"Milliy banklararo protsessing markazi" AJ 2026–2027-yillar uchun ijtimoiy tarmoqlar kontentini suratga olish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha pudratchini tanlash uchun ochiq tanlov e’lon qiladi


Loyiha asosnomasi:

"Milliy banklararo protsessing markazi" AJ o‘zining kommunikatsiya faoliyatini sifatli vizual materiallar bilan ta’minlash maqsadida 2026–2027-yillar davomida ijtimoiy tarmoqlar uchun foto va videokontent yaratish xizmatlarini ko‘rsatadigan pudratchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.


Professional pudratchini jalb etish korporativ tadbirlar, loyihalar, mahsulotlar va tashabbuslarni muntazam yoritib borish, zamonaviy va sifatli foto hamda videokontent ishlab chiqish, brendning yagona vizual uslubini shakllantirish va raqamli kommunikatsiya kanallarining samaradorligini oshirish uchun zarur.


Tanlov maqsadi:


Ijtimoiy tarmoqlar uchun foto va videokontent yaratish, kontent suratga olish, qisqa videoroliklar, intervyular, reportajlar hamda boshqa vizual materiallarni tayyorlash bo‘yicha yetarli tajribaga ega, Buyurtmachining talablariga muvofiq 2026–2027-yillar davomida xizmatlarni sifatli va belgilangan muddatlarda ko‘rsatishga qodir malakali pudratchini tanlash.

Ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, texnik talablar, kutilayotgan natijalar hamda asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari texnik topshiriqda batafsil bayon etilgan.


Tanlov shakli:

Ochiq tanlov.


Tijorat takliflarini taqdim etish muddati:

2026-yil 23-avgust kuni (shu kun ham)gacha.


Arizalarni topshirish tartibi:

Tijorat takliflari to’ldirilgan Excel file bilan elektron shaklda quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: tender@nmpc.uz.


Texnik topshiriq va to‘ldirish uchun shakl alohida fayllarda ilova qilinadi.


"Milliy banklararo protsessing markazi" AJ barcha manfaatdor kompaniyalar va prodakshn studiyalarni mazkur tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 45.32 KB



 
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 21 августа 2026, 18:36 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech