Samarqand marafoni doirasida HUMO brend-integratsiyasi konsepsiyasini ishlab chiqish va kompleks tashkil etish bo‘yicha tender
“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ Samarqand marafoni doirasida HUMO brend-integratsiyasi konsepsiyasini ishlab chiqish va kompleks tashkil etish bo‘yicha tender e’lon qiladi.
Tenderda ishtirok etish uchun ilova qilingan RFP (Request for Proposal) hujjati bilan tanishish va unda belgilangan talablarga muvofiq taklif tayyorlash lozim.
RFP taklif tayyorlash uchun zarur bo‘lgan tender hujjatlarining to‘liq to‘plamini o‘z ichiga oladi, jumladan: texnik topshiriq, tijorat va texnik taklifga qo‘yiladigan talablar, malaka talablari, ishtirokchi uchun shakl va anketalar, komplayens va xavfsizlik tekshiruvi uchun hujjatlar, asosiy tijorat shartlari (KTS), shuningdek tenderning boshqa shartlari va talablari.
Takliflarni topshirish muddati: 2026-yil 9-oktabr soat 18:00 gacha, Toshkent vaqti bilan.
Taklif va RFPda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar quyidagi elektron manzilga yuborilishi lozim: tender@nmpc.uz.
Belgilangan muddatdan keyin kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

