Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

ATB "Biznesni rivojlantirish banki"

ATB "Biznesni rivojlantirish banki"

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi qaroriga ko'ra, «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyadorlik tijorat banki «Qishloq qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan.

Bankning asosiy faoliyat yo'nalishlari kichik biznes sub'ektlarining loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar ko'rsatishga qaratilgan.

Bank negizida «Kichik biznesni rivojlantirish jamg'armasi» MChJ tashkil etilgan bo'lib, hududlardagi 14 ta «Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazi»lari orqali tadbirkorlarga investitsiya jalb etish, biznesini rivojlantirish uchun moliya ajratish, biznesga o‘qitish, konsultatsiya xizmatlarini ko'rsatish kabi kompleks xizmatlar ko'rsatilib kelinmoqda.

Bundan tashqari, aholiga barcha turdagi chakana bank xizmatlari ham ko'rsatilib kelinmoqda. Jumladan, respublikamiz bo'lab joylashgan 40 ta xizmat ko'rsatish ofislari orqali, avtokredit, ipoteka, mikroqarz, valyuta ayirboshlash, bank kartalari, kassa amaliyotlari, xalqaro pul o'tkazmalari kabi ko'plab xizmatlar ko'rsatilmoqda.



Biz bilan bog’lanish
100011, Tashkent shahri, A. Navoi, 18А
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - hech kim
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024, 19:13 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech