HUMO brendi va uning mahsulotlar ekotizimini strategik, kreativ va dizayn yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tender
«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ HUMO brendi va uning mahsulotlar ekotizimini strategik, kreativ hamda dizayn yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha agentlikni tanlash uchun tender e’lon qiladi.
Xizmatlarga HUMO asosiy brendi, HUMO Pay, HUMO Face, HUMO QR, HUMO Ventures va yangi mahsulotlar uchun reklama konsepsiyalari, kommunikatsiya materiallari, grafik dizayn, digital/SMM, foto-, video-, motion-, 3D- hamda AI-kontent tayyorlash kiradi. Xizmatlar ko‘rsatish muddati: shartnoma tuzilgan kundan boshlab 2027-yil 31-dekabrgacha.
Ishtirok etish uchun ilova qilingan texnik topshiriq, tijorat taklifi shakli, malaka talablari, tasdiqlovchi hujjatlar shakllari va asosiy tijorat shartlari (KTS) bilan tanishish hamda hujjatlar asosida taklif tayyorlash lozim.
Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 20-noyabr, soat 18:00 (Toshkent vaqti). Savollar uchun: n.iskandarova@nmpc.uz.
Belgilangan muddatdan keyin kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

