HUMO brendini 2027-yil oxirigacha kompleks PR-hamrohlik bilan ta’minlash uchun PR-agentlikni tanlash bo‘yicha tender
“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ HUMO brendini 2027-yil oxirigacha kompleks PR-hamrohlik bilan ta’minlash uchun PR-agentlikni tanlash bo‘yicha tender e’lon qiladi.
Tenderda ishtirok etish uchun ilova qilingan texnik topshiriq va tender hujjatlari bilan tanishish hamda belgilangan talablarga muvofiq taklif tayyorlash lozim.
Tender hujjatlari to‘plamiga texnik topshiriq, tijorat taklifi shakli, malaka talablari va ularni tasdiqlash shakllari, asosiy tijorat shartlari (KTS), shuningdek tender taklifining tarkibiga qo‘yiladigan talablar kiradi.
Takliflarni topshirish muddati: 2026-yil 14-oktabr soat 18:00 gacha, Toshkent vaqti bilan.
Taklif va RFPda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar quyidagi elektron manzilga yuborilishi lozim: tender@nmpc.uz.
Belgilangan muddatdan keyin kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

