Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

“MBPM” AJ Dell PowerEdge R750 serverlari uchun ehtiyot qismlar (EOT zaxira fondini shakllantirish) yetkazib beruvchisini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

“MBPM” AJ Dell PowerEdge R750 serverlari uchun ehtiyot qismlar (EOT zaxira fondini shakllantirish) yetkazib beruvchisini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

Mavzu: Dell PowerEdge R750 server uskunalari uchun ehtiyot qismlarni (EOT) xarid qilish.


Ishtirok etish imkoniyati:

Yetkazib beruvchi o‘z imkoniyatlari va ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda tanlovda barcha ko‘rsatilgan pozitsiyalar bo‘yicha ham, alohida punktlar bo‘yicha ham ishtirok etishga haqli.

Tijorat taklifida ishtirokchi qaysi pozitsiyalar (punktlar) bo‘yicha yetkazib berishni taklif etayotganini aniq ko‘rsatishi kerak.


Loyiha asosi: “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ balansida 8 ta Dell PowerEdge R750 serveri mavjud bo‘lib, ularning zavod kafolati muddati 2025-yil 8-avgustda tugagan. Kafolat muddati tugaganligi sababli, butlovchi qismlar ishdan chiqqan taqdirda ularni ishlab chiqaruvchi kafolati doirasida almashtirishning imkoni yo‘q.

Uskunalarning ehtimoliy buzilishlari bilan bog‘liq xatarlarni kamaytirish va server infratuzilmasining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida ehtiyot qismlarning (EOT) zaxira fondini shakllantirish va ularning kompaniya omborida mavjudligini ta’minlash talab etiladi. Bu ishdan chiqqan komponentlarni shaxsiy texnik xodimlar kuchi bilan tezkorlik bilan almashtirish, uskunaning bekor turib qolish vaqtini kamaytirish hamda butlovchi qismlar yetkazib berilishini uzoq kutilishining oldini olish imkonini beradi.


Tanlovning maqsadi: Dell serverlarining original/mos keluvchi butlovchi qismlarini yetkazib berish tajribasiga ega hamda Buyurtmachi talablarini belgilangan muddatlarda bajarishga qodir bo‘lgan malakali yetkazib beruvchini tanlash.


Tanlov obyekti: Tanlov doirasida Dell PowerEdge R750 serverlari uchun ehtiyot qismlar va butlovchi qismlarni yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Yetkazib beriladigan komponentlarning batafsil ro‘yxati va texnik tavsiflari texnik topshiriqda (Tanlov ilovasida) taqdim etiladi.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar: — server uskunalari va butlovchi qismlarini (xususan Dell) yetkazib berish tajribasining mavjudligi; — malakali mutaxassislarning mavjudligi; — yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar va detalarga kafolat berish imkoniyati; — amalga oshirilgan loyihalar va yetkazib berishlar portfoliosining mavjudligi.


Ishtirokchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar:

Tanlovda ishtirok etuvchi tashkilotlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

— AKT uskunalar va server butlovchi qismlarini yetkazib berish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

— tanlovda ishtirok etish vaqtida amaldagi faoliyatni olib borayotgan bo‘lishi;

— korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishi;

— Majburiy ijro bürosidan (MIB) ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma taqdim etishi;

— soliq organlaridan soliq qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma taqdim etishi;

— ko‘rsatilgan talablarga muvofiqlikni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etishi.


O‘tkazish shakli:

Ochiq tanlov.


Tijorat takliflarini topshirish muddati:

2026-yil 16 oktyabrga qadar (shu kuni ham).


Arizalarni topshirish tartibi:

Tijorat takliflari elektron shaklda tender@nmpc.uz manzili orqali qabul qilinadi.



Файл
Yuklab olish
Hajmi: 1.04 MB



 
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 1
Oxirgi yangilanish: 9 октября 2026, 15:03 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech