Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

«MBPM» AJ HUMO brendi uchun televizion reklama kampaniyasini amalga oshirish bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

«MBPM» AJ HUMO brendi uchun televizion reklama kampaniyasini amalga oshirish bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Loyiha asoslanishi:
Moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning ortib borishi hamda to‘lov servislariga oid axborot shovqinining kuchayishi sharoitida HUMO brendining ommaviy kommunikatsiya kanallaridagi ishtirokini kuchaytirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Auditoriyaning televizion kanallarga bo‘lgan yuqori ishonchi va ularning keng qamrovini inobatga olgan holda, brend xabardorligini oshirish, obro‘-e’tiborini mustahkamlash hamda aholining ongida HUMO’ning ijobiy imijini shakllantirishga qaratilgan kompleks reklama kampaniyasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Tanlov maqsadi:
Televizion reklama joylashtirish va mediaplanlashtirish bo‘yicha tajribaga ega professional pudratchi tashkilotni tanlash.

Tanlov predmeti:
Tanlov doirasida quyidagilar nazarda tutiladi:

samarali media strategiyani ishlab chiqish;
mos televizion kanallarni tanlash;
reklama materiallarini joylashtirishni rejalashtirish;
reklama byudjetini optimallashtirish;
auditoriya qamrovi va aloqa chastotasi bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

TV reklama kampaniyalarini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan tajriba;
mediaplanlashtirish va tahlil sohasida kompetensiyalar;
amalga oshirilgan loyihalar portfelining mavjudligi.

O‘tkazilish shakli:
Ochiq tanlov.

Tijorat takliflarini topshirish muddati:
2026 yil 21 maygacha (shu kuni ham qo‘shib hisoblanadi).

Arizalarni topshirish tartibi:
Tijorat takliflari elektron shaklda quyidagi manzilga qabul qilinadi: tender@nmpc.uz

Файл
Yuklab olish
Hajmi: 69.61 KB



 
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - hech kim
Oxirgi yangilanish: 26 мая 2026, 14:42 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech