Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

«MBPM» AJ HUMO brendining yangi korporativ saytini ishlab chiqish va humo.uz domen nomini sotib olish bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash uchun ochiq tanlov e'lon qiladi.

«MBPM» AJ HUMO brendining yangi korporativ saytini ishlab chiqish va humo.uz domen nomini sotib olish bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash uchun ochiq tanlov e'lon qiladi.


Loyiha asoslanishi:

HUMO raqamli ishtirokini modernizatsiya qilish, hamkor banklar, to‘lov tashkilotlari va biznes vakillari bilan o‘zaro hamkorlik qulayligini oshirish, shuningdek, korporativ saytni regulyator talablariga muvofiqlashtirish maqsadida veb-dasturchini tanlash bo‘yicha tender o‘tkazish rejalashtirilmoqda.


Tanlovning maqsadi:

HUMO yangi korporativ saytini sifatli ishlab chiqish, sozlash va ishga tushirish uchun zarur resurslar, kompetensiyalar va tajribaga ega bo‘lgan professional pudratchi tashkilotni tanlash.


Tanlov predmeti:

Tender tartib-taomili doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

  • Moliya sektori tashkilotlari, banklar va davlat tashkilotlari uchun korporativ saytlarni ishlab chiqishda tasdiqlangan tajribaga ega bo‘lgan pudratchilarni saralab olish;
  • Tender ishtirokchilarining tijorat takliflari, texnik yechimlari va dizayn-konsepsiyalarini qabul qilish hamda tahlil qilish;
  • Takliflarni qiymati, sifati, amalga oshirish muddatlari, pudratchilarning tajribasi va kompetensiyalarini hisobga olgan holda baholash;
  • Eng afzal tijorat shartlari va maqbul texnik yechimni taklif etgan pudratchini tanlash;
  • Tasdiqlangan texnik topshiriqqa muvofiq yangi saytni ishlab chiqish va ishga tushirish, shu jumladan dizayn yaratish, kontentni boshqarish tizimini (CMS) joriy etish, ichki tizimlar bilan integratsiya qilish hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish;
  • Saytni ishlab chiqish bo‘yicha pudratchini tanlashdan tashqari: Humo.uz domen nomini sotib olish.
  • Ishlab chiqishni boshlashning dastlabki rejasi: 2026-yil 20-noyabr.
  • Tijorat ekspluatatsiyasiga topshirishning dastlabki rejasi: 2027-yil 20-mart.


Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

Ishtirok etishga zarur tajriba, resurslar va malakaga ega bo‘lgan tashkilotlar qo‘yiladi. Ishtirokchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Banklar, moliya tashkilotlari va davlat sektori uchun korporativ saytlarni ishlab chiqishda tasdiqlangan tajribaga ega bo‘lish;
  • Shtatida malakali mutaxassislarga (dizaynerlar, dasturchilar, integratsiya va axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar) ega bo‘lish
  • Ishlarni belgilangan muddatlarda bajarish uchun zarur texnik va tashkiliy resurslarga ega bo‘lish;
  • Amalga oshirilgan loyihalar portfeli va shunga o‘xshash ishlarni bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;
  • Axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta'minlash.


Taqdim etiladigan hujjatlar va materiallar:

  • Belgilangan shakldagi ishtirok etish uchun ariza.
  • Ro‘yxatdan o‘tish va ta'sis hujjatlari, IFUT (OKED).
  • Havolalar ko‘rsatilgan portfolyo + tavsiyanoma xatlari.
  • Jamoa ro‘yxati, ularning rollari va asosiy mutaxassislarning CV (rezyume)si.
  • 2 yillik moliyaviy hisobot, qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risida ma'lumotnoma.
  • Texnik yechim tavsifi va loyihaga yondashuv.
  • Konsept-dizayn (bosh sahifa + ichki sahifa).
  • Tijorat taklifi (bosqichlar bo‘yicha qiymati va muddatlari).
  • Kafolat xatlari (O‘zRda xosting, NDA, huquqlarni topshirish).


O‘tkazish shakli:

Ochiq tanlov.


Tijorat takliflarini topshirish muddati:

2026-yil 14-oktyabr gacha (shu kuni ham).


Arizalarni topshirish tartibi:

Tijorat takliflari, texnik yechimlar va dizayn-konsepsiyalar elektron shaklda tender@nmpc.uz manzili bo‘yicha qabul qilinadi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 1.78 MB



 
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 2
Oxirgi yangilanish: 9 октября 2026, 15:03 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech