“Milliy Banklararo Protsessing Markazi” AJ “Baxtli Yuzlik” reklama aksiyasining final o‘yinini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
Loyihaning asoslanishi:
“Milliy Banklararo Protsessing Markazi” AJ “Baxtli Yuzlik” reklama aksiyasining yakuniy bosqichi hisoblangan final o‘yinini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida mazkur xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.
Loyihani amalga oshirish doirasida final tadbirini tashkil etish va texnik jihatdan ta’minlash, sahna va tadbir maydonini jihozlash hamda bezatish, foto va videotasvirga olish, boshlovchilar va san’atkorlarni jalb etish, bosh sovrin sohibini aniqlash marosimini o‘tkazish hamda tadbirni sifatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatish nazarda tutiladi.
Tanlov maqsadi:
Buyurtmachi talablariga muvofiq final tadbirini sifatli va belgilangan muddatlarda tashkil etish hamda o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan malakali pudratchi tashkilotni tanlash.
Batafsil texnik talablar texnik topshiriqda keltirilgan.
Tanlov shakli:
Ochiq tanlov.
Tijorat takliflarini taqdim etish muddati:
2026-yil 10-avgust kuniga qadar (shu kun ham qo‘shilgan holda).
Arizalarni taqdim etish tartibi:
Tijorat takliflari elektron shaklda tender@nmpc.uz manziliga qabul qilinadi.
Texnik topshiriq va to‘ldirish uchun shakl alohida fayllar sifatida ilova qilinadi.
“Milliy Banklararo Protsessing Markazi” AJ barcha manfaatdor tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

