Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (HUMO) HUMO hamkor tanlash maqsadida tender o‘tkazilishini e’lon qiladi.

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (HUMO) HUMO brend-personaji (maskoti)ning vizual konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorni tanlash maqsadida tender o‘tkazilishini e’lon qiladi.

HUMO brendini rivojlantirish va uning yagona, tanib olinadigan obrazini shakllantirish doirasida brending, vizual konsepsiyalar ishlab chiqish, brend-personajlar yaratish hamda kreativ loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha professional tajriba va salohiyatga ega kompaniyalar hamda kreativ agentliklarni tenderda ishtirok etishga taklif qilamiz.


Tenderda ishtirok etish istagida bo‘lgan kompaniyalar tashkilot nomi, aloqa uchun mas’ul shaxs, telefon raqami hamda rasmiy elektron pochta manzilini ko‘rsatgan holda ishtirok etish arizasini yuborishlari lozim.


Ariza kelib tushgandan so‘ng ishtirokchilarga texnik topshiriq va tijorat taklifini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tender hujjatlari yuboriladi.


Arizalar va tijorat takliflarini qabul qilish muddati: 2026 yil 7 avgust kuni ham qo‘shilgan holda.

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (HUMO) manfaatdor kompaniyalarning takliflarini ko‘rib chiqishdan mamnun bo‘ladi va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga umid bildiradi.


Bog‘lanish uchun:

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (HUMO)
Xaridlar departamenti
E-mail: tender@nmpc.uz
Telefon: +998 97 131 33 00


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 89.82 KB



 
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 2
Oxirgi yangilanish: 26 августа 2026, 12:52 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech