Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Ofis mebellarini yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov

Ofis mebellarini yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov


«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (HUMO) ofis mebellarini yetkazib beruvchi tashkilotni tanlash maqsadida ochiq tanlov e’lon qiladi.


Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar

1.1. Tanlov ishtirokchisi qayta tashkil etilish, tugatilish yoki bankrotlik jarayonida emasligini, shuningdek, Buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj nizolarida ishtirok etmayotganligini tasdiqlovchi kafolat xati.

1.2. Tanlov ishtirokchisining ilgari tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini lozim darajada va o‘z vaqtida bajarganligini tasdiqlovchi kafolat xati.

1.3. Korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga hamda halol raqobat tamoyillariga rioya etish yuzasidan kafolat xati.

1.4. Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat. Mazkur hujjat tanlov boshlanish sanasidan ko‘pi bilan ikki oy oldin berilgan bo‘lishi lozim.

1.5. Tegishli faoliyat sohasida so‘nggi uch yil davomida ish tajribasiga ega bo‘lish.

Tanlov ishtirokchisi shunga o‘xshash ishlarni bajarganligi yoki xizmatlar ko‘rsatganligini tasdiqlovchi kamida ikkita hujjatni taqdim etishi shart. Jumladan:

  • tuzilgan shartnomalar nusxalari;
  • bajarilgan ishlar dalolatnomalari;
  • buyurtmachilarning fikr-mulohazalari yoki tavsiyanomalari.

Tasdiqlovchi hujjatlar PDF formatida taqdim etilishi lozim.

Yuqorida ko‘rsatilgan tasdiqnomalar tashkilotning rasmiy firma blankasida rasmiylashtirilishi, tanlov ishtirokchisining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi hamda tashkilot muhri bilan (mavjud bo‘lsa) tasdiqlanishi shart.

Sanab o‘tilgan har bir talabga muvofiqlik alohida yozma ravishda tasdiqlangan yagona kafolat xatini taqdim etishga ruxsat etiladi.

Bunda 1.4 va 1.5-bandlarda nazarda tutilgan tasdiqlovchi hujjatlar alohida ilova qilinishi shart.

1.6. Mebel namunalarini taqdim etish va materiallarni kelishish bo‘yicha talablar

Tanlov ishtirokchilari 2-ilovada (Texnik taklif) ko‘rsatilgan barcha toifadagi mebellarning tayyor namunalarini taqdim etishlari shart.

Mazkur namunalar mebellarning ishlab chiqarilish sifati, texnik xususiyatlari, dizayni hamda Buyurtmachi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini vizual baholash maqsadida taqdim etiladi.

Tayyor mebel namunalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, mebel ishlab chiqarishda foydalanilishi rejalashtirilgan materiallar namunalarini taqdim etishga ruxsat etiladi. Jumladan:

  • yog‘och asosidagi plitalar namunalari;
  • qoplama materiallari;
  • mebel qoplash uchun ishlatiladigan matolar va boshqa materiallar;
  • mebel furniturasi;
  • rang namunalari;
  • texnik topshiriqda nazarda tutilgan boshqa butlovchi qismlar va materiallar.

Tanlov g‘olibi deb topilgan ishtirokchi mebellarni ishlab chiqarishni boshlashdan oldin materiallarning yakuniy namunalarini, ranglarini, dizaynini, o‘lchamlarini, konstruktiv xususiyatlarini hamda foydalaniladigan furniturani Buyurtmachi bilan oldindan kelishishi shart.

Mebellarni ishlab chiqarishga faqat Buyurtmachining yozma roziligi olinganidan so‘ng ruxsat etiladi.

Oldindan kelishilgan materiallar, texnik xususiyatlar, dizayn va mebel komplektatsiyasiga har qanday o‘zgartirish kiritish faqat Buyurtmachining oldindan olingan yozma roziligi asosida amalga oshirilishi mumkin.

Yetkazib beriladigan mebellar tasdiqlangan namunalar, kelishilgan materiallar hamda 2-ilovada belgilangan texnik talablarga to‘liq mos kelishi shart.


Texnik taklif (2-ilova)

Tanlov ishtirokchisi 2-ilovada belgilangan shakl bo‘yicha texnik taklifni taqdim etishi hamda har bir texnik talabga muvofiqligini yozma ravishda tasdiqlashi shart.

Texnik taklif tanlov ishtirokchisining rasmiy firma blankasida rasmiylashtirilishi, vakolatli shaxs tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan (mavjud bo‘lsa) tasdiqlanishi lozim.

Majburiy tasdiqnomalar yoki tegishli tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, tanlov hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq, ishtirokchining taklifi belgilangan talablarga javob bermaydi deb topilishi mumkin.

Muhim!

Tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan barcha talablar ishtirokchilar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Ishtirokchilar tanlov talablarida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar va tasdiqnomalarni, shuningdek, 2-ilovaga muvofiq tayyorlangan texnik taklifni to‘liq hajmda taqdim etishlari shart.

Tanlov takliflarini topshirish muddati

Tanlov takliflarini taqdim etishning oxirgi muddati — 2026-yil 1-dekabr, soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan).

Tanlovda ishtirok etish va qo‘shimcha ma’lumot olish bo‘yicha savollar uchun elektron pochta manzili:

tender@nmpc.uz

Belgilangan muddatdan keyin kelib tushgan tanlov takliflari ko‘rib chiqilmaydi.

HUMO tomonidan e’lon qilinadigan yangi tenderlar va xaridlar haqidagi ma’lumotlar Telegram kanalimizda ham muntazam ravishda joylashtirib boriladi.

Yangi xaridlar va tanlovlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish uchun Telegram kanalimizga obuna bo‘ling:

https://t.me/+iqwYmkT9xJE3ZDQ6

Файл
Yuklab olish
Hajmi: 5.99 MB



 
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 2
Oxirgi yangilanish: 25 ноября 2026, 14:06 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech