2022 yil 17 dekabr kuni soat 22:00 dan 18 dekabr soat 23:00 gacha MBPM protsessing tizimida xizmatlarni takomillashtirish va yangilash boʼyicha ishlar oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
14 Dec 2022 16:04
Hurmatli hamkasblar,
2022 yil 17 dekabr (shanba) kuni soat 22:00 dan 18 dekabr (yakshanba) soat 23:00 gacha MBPM protsessing tizimida xizmatlarni takomillashtirish va yangilash boʼyicha ishlar oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
Profilaktik ishlar davomida bank АBT tizimi yordamida plastik kartalarni emissiya qilish, АBT tizim yordamida kartaga mablagʼ tushirish va kartaning monitoring xizmatida uzilishlar boʼlishi mumkin.
Terminal, mobil ilovalar va bankomatlar ishlashni davom ettiradi.