-
SMS- xabarnomani qanday yoqish va oʼchirish mumkin?
SMS- xabarnomani qanday yoqish va oʼchirish mumkin?
SMS-xabarnomani faqat HUMO kartasini chiqargan bank faollashtirishi va oʼchirishi mumkin. Buning uchun kartaga ariza berishda siz oʼzingizning shaxsiy mobil raqamingizni koʼrsatishingiz kerak.
-
SMS xabarnoma xizmati qancha turadi?
SMS xabarnoma xizmati qancha turadi?
SMS-xabarnoma pullik xizmat boʼlib, uning narxi mijozning uyali aloqa operatoriga bogʼliq.
-
SMS-maʼlumot qaysi raqamdan keladi?
SMS-maʼlumot qaysi raqamdan keladi?
SMS-xabarlari 11313 raqamidan keladi.
-
SMS-xabar kelmaydi, nima qilish kerak?
SMS-xabar kelmaydi, nima qilish kerak?
Avvalo, telefon raqamingizning balansi va holatini tekshiring.
SMS xabarnoma xizmatini faollashtirganingizga ishonch hosil qiling. Buning uchun bankingizga murojaat qiling.
Agar raqam faol boʼlsa, boshqa SMS-xabarlar qabul qilinsa muammoni hal qilishda xizmat koʼrsatuvchi provayderingizga murojaat qiling. Xabarlarni yanada ishonchli va qulay qabul qilish uchun Telegram botdan foydalanishni tavsiya etilamiz: @HUMOcardbot
-
SMS xabarnomani ulanish holatini qanday tekshirish mumkin?
SMS xabarnomani ulanish holatini qanday tekshirish mumkin?
SMS-xabarnoma xizmati yoqilganda, telefonga 11313 raqamidan tegishli xabar yuboriladi, ushbu xizmat holati toʼgʼrisida oʼz bankingiz orqali bilib olishingiz mumkin.
-
SMS maʼlumotlarini kelmaslik sababi nima?
SMS maʼlumotlarini kelmaslik sababi nima?
Xizmat yoqilgan boʼlishi kerak va abonent raqami faol holatda boʼlishi va hisobda ijobiy qoldiq boʼlishi kerak. Xizmat koʼrsatuvchi operator tarmogʼida turli xil yuklanishlar tufayli har qanday kechikishlar boʼlishi mumkin, shuningdek, agarda abonentning telefoni aloqada boʼlmasa, navbatdagi xabarni saqlash muddati bir necha soat bilan cheklanganligini hisobga olishingiz kerak.
-
SMS maʼlumotlarini qanday oʼchirish mumkin?
SMS maʼlumotlarini qanday oʼchirish mumkin?
Mijoz xato bilan SMS-xabarga ulangan va uni qanday oʼchirib qoʼyish kerak?
Muammoni koʼrsatgan holda xizmat koʼrsatuvchi bankka murojaat qilish kerak.
-
Bitta SIM-kartaga qancha kartani ulash mumkin?
Bitta SIM-kartaga qancha kartani ulash mumkin?
Kartalarni ulashda cheklovlar yoʼq
-
Bitta kartani ikkita raqamga ulash mumkinmi?
Bitta kartani ikkita raqamga ulash mumkinmi?
Bitta plastik kartani faqat bitta telefon raqamiga ulash mumkin
-
SMS xabarnomasini korporativ raqamlarga ulasam boʼladimi?
SMS xabarnomasini korporativ raqamlarga ulasam boʼladimi?
Xa bo'ladi
-
Terminallarda qanday xatolar boʼlishi mumkin?
Terminallarda qanday xatolar boʼlishi mumkin?
Agar POS terminallarda operatsiyalarni amalga oshirishda xatolar yuzaga kelsa, qogʼoz chekida tegishli tushuntirish yozuvlari boʼladi, masalan, «PIN-kod notoʼgʼri» yoki «Mablagʼlar yetarli emas».
-
HUMO kartasini toʼlov tizimlari dasturlarida roʼyxatdan oʼtkazsam boʼladimi?
HUMO kartasini toʼlov tizimlari dasturlarida roʼyxatdan oʼtkazsam boʼladimi?
HUMO kartasini toʼlov tizimlarining barcha dasturlarida, shuningdek banklarning ilovalarida roʼyxatdan oʼtkazilishi mumkin.
-
Kartadan kartaga oʼtkazish mumkinmi?
Kartadan kartaga pul oʼtkazish mumkinmi?
Boshqa operator kartasidan HUMO kartasiga va orqaga pul oʼtkazish mumkinmi?
HUMO kartasidan HUMO kartasiga, shuningdek boshqa operator kartalariga va aksincha pul oʼtkazish imkoniyati barcha bank ilovalarida, shuningdek, mashhur toʼlov tizimlari dasturlarida (Click, Paynet, Payme va boshqalar) amalga oshiriladi. Oʼtkazmalar foizlari banklar yoki toʼlov tizimlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
-
Boshqa operator terminallari HUMO kartalarini qabul qiladimi? Va teskarisi?
Boshqa operator terminallari HUMO kartalarini qabul qiladimi? Va teskarisi?
Toʼlov operatorlarining terminallari hali bir-birining kartalariga xizmat koʼrsatmayapti. Ushbu funktsiyani amalga oshirish jarayoni olib borilmoqda va bunday xizmatlar amalga oshirilganda alohida eʼlon qilinadi.
-
Kontaktsiz toʼlov uchun foydalanish shartlari?
Kontaktsiz toʼlov uchun foydalanish shartlari?
Ishonchli operatsiya oʼtkazish uchun kartani terminaldagi tegishli belgiga, bir necha santimetrdan oshmaydigan masofaga olib kelish va terminaldan tegishli tasdiqlovchi tovush signaligacha ushlab turish kerak. HUMO kartalari bilan toʼlash uchun ularni kassaga topshirish shart emas. PIN-kodni hech qanday holatda ovoz chiqarib eʼlon qilmaslik kerak, mijoz uni oʼzi terishi kerak.
-
PIN-kodsiz toʼlash imkoniyati. Qanday limit?
PIN-kodsiz toʼlash imkoniyati. Qanday limit?
PIN-kodsiz toʼlovlar limiti - 50 000 soʼm. Agar siz 50 000 soʼmdan ortiq toʼlovni amalga oshirsangiz, terminal PIN-kodni soʼraydi.
-
Agar mijoz kartani yoʼqotib qoʼysa, uni qanday qilib bloklashi mumkin?
Agar mijoz kartani yoʼqotib qoʼysa, uni qanday qilib bloklashi mumkin?
Kartangizdan ruxsatsiz foydalanish holatlarini oldini olish uchun yoʼqolgan kartani zudlik bilan bankning mobil ilovasi orqali yoki kartani chiqargan bank bilan bogʼlanish orqali oʼchiring yoki bloklang.
Diqqat! Bankka murojaat qilishda operatorga (yoki boshqa shaxslarga) PIN-kod va/yoki CVV-kod haqida maʼlumot BERILMАYDI!
-
Tranzaktsiyani bekor qilish mumkinmi? Qanday xollarda qoʼllaniladi?
Tranzaktsiyani bekor qilish mumkinmi? Qanday xollarda qoʼllaniladi?
Ushbu funktsiya terminalda mavjud. Ushbu funktsiyani terminal kun yopilishidan oldin foydalanish mumkin.
Vaziyatning misoli:
Kassir summani notoʼgʼri olib qoʼydi (qoʼshimcha nolni kiritdi, summa notoʼgʼri.
- Terminalda 0 tugmachasini bosing,
- menyuda bekor qilishni bekor qilishni tanlang
- xato debetning tekshiruv raqamini kiriting,
- yashil tugmani bosing va kartani terminalga olib keling.
Pul kartaga qaytarib beriladi.
-
NFC toʼlovi qanday ishlaydi?
NFC toʼlovi qanday ishlaydi?
NFC orqali toʼlov NFC tizimini qoʼllab-quvvatlovchi va Android operatsion tizimida ishlaydigan mobil telefon orqali amalga oshiriladi.
-
HUMO Pay toʼlovidan qanday foydalanish kerak?
HUMO Pay toʼlovidan qanday foydalanish kerak?
Uyali telefonlar (NFC) orqali kontaktsiz toʼlov tizimi HUMO Pay funktsional imkoniyatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu funktsiya Apelsin, Joyda, Quant, Ipak yuli mobile, Asaka mobile, Myalliance, Agro mobile, Milliy dasturlarida amalga oshirilgan. Siz ushbu xizmatni HUMO kartasini ushbu dasturlarning birortasida roʼyxatdan oʼtkazib, keyin uni ushbu xizmatga dasturning oʼzida qoʼshish orqali ulashingiz mumkin.
-
Agar bankomat pulni bermasa va hisobvaraqdan pul yechgan boʼlsa nima qilish kerak ?
Agar bankomat pulni bermasa va hisobvaraqdan pul yechgan boʼlsa nima qilish kerak?
Amalda, bunday holatlar juda kam uchraydi, koʼpincha mijoz oʼz vaqtida pulini olmaydi. Muammoni hal qilish uchun ushbu bankomatga xizmat koʼrsatadigan bankka murojaat qilishingiz kerak (bank maʼlumotlari bankomatda mavjud).
-
Savdo nuqtasi HUMO kartasini qabul qilishni rad etsa, nima qilish kerak?
Savdo nuqtasi HUMO kartasini qabul qilishni rad etsa, nima qilish kerak?
Agar siz HUMO stikerini koʼrsangiz va kartangiz orqali toʼlovni rad etishsa, quyidagi raqamlarga qoʼngʼiroq qilishingiz mumkin:
⠀
(71) 244-98-98 - Davlat soliq qoʼmitasining ishonch telefoni
(71) 200-08-88 - HUMO toʼlov tizimining yagona Call -markazi
-
HUMO bankomatlari orqali xalqaro kartalardan pulni naqdlashtirish mumkinmi?
HUMO bankomatlari orqali xalqaro kartalardan pulni naqdlashtirish mumkinmi?
Хa, HUMO bankomatlari orqali «VISA», «Mastercard» «UnionPay» xalqaro kartalaridan naqd pulni milliy valyutada olish mumkin. Ushbu operatsiyani bajarishda ekvayr banki va xalqaro tizim komissiyasi hisobga olinadi.
-
HUMO terminallari xalqaro kartalaridan toʼlovlarni qabul qila oladimi?
HUMO terminallari xalqaro kartalaridan toʼlovlarni qabul qila oladimi?
Хa, barcha toʼlov terminallari «VISA», «Mastercard» va «UnionPay» xalqaro toʼlov tizimlarining kartalariga xizmat koʼrsatishi mumkin.