Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

“Banklar va fintex–2025” (Qozog‘iston) forumida HUMO milliy to‘lov tizimi o‘z yutuq va istiqbollari bilan o‘rtoqlashdi.

“Banklar va fintex–2025” (Qozog‘iston) forumida HUMO milliy to‘lov tizimi o‘z yutuq va istiqbollari bilan o‘rtoqlashdi.
13 Jun 2025 16:24
Banklar va fintex–2025” (Qozog‘iston) forumida HUMO milliy to‘lov tizimi o‘z yutuq va istiqbollari bilan o‘rtoqlashdi.


HUMO milliy to‘lov tizimi “Banklar va fintex–2025” I Markaziy Osiyo moliya-bank forumining ishtirokchisi bo‘ldi va O‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlari hamda to‘lov xizmatlarini raqamlashtirishga bag‘ishlangan strategik sessiya doirasida ma’ruza qildi.


“HUMO ekotizimini rivojlantirish: yutuqlar va istiqbollar” mavzusida “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (HUMO operatori) boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi M.M. Muxitdinov asosiy taqdimot bilan chiqish qildi. U o‘z nutqida HUMO‘ning milliy to‘lov tizimidan global moliyaviy jarayonlarga qo‘shilgan mintaqaviy texnologik platformaga aylanish bosqichlarini sanab o‘tdi. Bugungi kunda HUMO o‘zida banklar, chakana savdo, fintex kompaniyalari va foydalanuvchilarni birlashtirgan keng ko‘lamli raqamli ekotizimni ifodalaydi.

HUMO‘ning xalqaro kengayishiga alohida e’tibor qaratildi: tizim Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Turkiya, Armaniston va Hindiston bilan to‘lov integratsiyasini faol rivojlantirmoqda. Bu qadamlar HUMO‘ning Markaziy Osiyodagi asosiy texnologik va hisob-kitob markaziga aylanish bo‘yicha ulkan rejalarini tasdiqlaydi.

“HUMO – shunchaki to‘lov tizimi emas, balki banking, fintex va davlatni bog‘lovchi innovatsion platformadir. Maqsadimiz – mintaqaning raqamli integratsiyasini ta’minlaydigan va kelajak muammolariga tayyor bo‘lgan ochiq, kengayadigan va barqaror ekotizimni yaratishdir”, – dedi Maqsad Muhitdinov.

HUMO‘ning forumdagi ishtiroki uning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo to‘lov infratuzilmasining raqamli transformatsiyasidagi o‘rnini ta’kidladi. Kompaniya ochiq API, xalqaro muvofiqlik va innovatsion texnologik yechimlarni faol targ‘ib qilmoqda. Shuningdek, ma’ruzachi o‘z nutqida HUMO kompaniyasining 6 yildagi ajoyib natijalari bilan o‘rtoqlashdi va kelgusi rivojlanish rejalarini e’lon qildi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 132
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 10 July 2025, 16:32 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech