Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO “Banklar va fintech – 2026” xalqaro forumida ishtirok etdi

HUMO “Banklar va fintech – 2026” xalqaro forumida ishtirok etdi
28 апр 2026 17:27

HUMO “Banklar va fintech – 2026” xalqaro forumida ishtirok etdi

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (HUMO to‘lov tizimi) delegatsiyasi 23–25 aprel kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahrida bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Markaziy Osiyo moliyaviy-bank forumi “Banklar va fintech – 2026” (CAFBF–2026)da ishtirok etdi.

Forum mintaqaning eng yirik soha platformalaridan biriga aylanib, bank sektori vakillari, fintech kompaniyalar, regulyatorlar, xalqaro moliya institutlari va investorlarni birlashtirdi. Qozog‘iston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda 25 ga yaqin mamlakatdan 200 dan ortiq delegat ishtirok etdi, bu esa uning yuqori xalqaro maqomini ta’kidlaydi.

CAFBF-2026 Markaziy Osiyoda moliyaviy integratsiyani chuqurlashtirish, banklarning raqamli transformatsiyasi, milliy valyutalarda hisob-kitoblarni rivojlantirish, raqamli aktivlarni tartibga solish va blokcheyn texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni uzoq muddatli moliyalashtirishning yangi vositalarini muhokama qilish uchun platforma bo‘lib xizmat qildi.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida HUMO NMBP Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Dinar Samigullin “Embedded finance, Open Banking & Open API” panel sessiyasida so‘zga chiqdi. Unda moliyaviy xizmatlarni integratsiya qilishning zamonaviy modellari, ochiq API’larni rivojlantirish va moliyaviy institutlarning raqamli ekotizimlardagi rolini o‘zgartirish masalalari muhokama qilindi.

“Bugungi kunda moliyaviy xizmatlarning rivojlanishi tobora ko‘proq ochiq API va platforma yechimlari bilan bog‘liq bo‘lib bormoqda. Bu yangi mahsulotlarni tezroq yaratish, hamkorlik modellarini kengaytirish va moliyaviy xizmatlarni foydalanuvchilar uchun yanada qulayroq qilish imkonini beradi,” — dedi Dinar Samigullin.

Shuningdek, forumda HUMO NMBP Boshqaruvi raisining bosh maslahatchisi Dmitriy Danilenko ham ishtirok etib, "Pulning yangi tili: ISO 20022, tezkor o‘tkazmalar va Markaziy Osiyoning to‘lov suvereniteti" panel sessiyasida so‘zga chiqdi. Muhokamalar davomida zamonaviy to‘lov standartlarini rivojlantirish, hisob-kitoblarni tezlashtirish va mintaqaning barqaror to‘lov infratuzilmasini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Bugungi kunda mintaqaviy to‘lov integratsiyasi — bu endi “bo‘ladimi yoki yo‘qmi” degan savol emas, balki “qachon va qanday formatda” amalga oshirilishi masalasidir. Texnologik yechimlar umuman olganda tayyor, asosiy omil esa standartlarning uyg‘unligi va bozor ishtirokchilari hamda regulyatorlar o‘rtasidagi hamkorlik tezligidir”, — ta’kidladi Dmitriy Danilenko.

Muhokamalar davomida HUMO vakillari to’lov infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, transchegaraviy xizmatlarni amalga oshirish va xalqaro hamkorlar bilan integratsiyalashish bo‘yicha amaliy tajribalari bilan bo‘lishdilar.

HUMO‘ning forumdagi ishtiroki kompaniyaning innovatsion to‘lov yechimlarini rivojlantirish, transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash va mintaqaning zamonaviy moliyaviy infratuzilmasini shakllantirishdan manfaatdorligini tasdiqladi.


Shuningdek, forum Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalardagi moliyaviy bozorning asosiy ishtirokchilari o‘rtasida yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va professional muloqotni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Ma’lumot uchun:

HUMO – O‘zbekiston Respublikasining milliy to‘lov tizimi va mamlakat moliyaviy infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Tizim naqdsiz to‘lovlarni rivojlantiradi, o‘z to‘lov infratuzilmasini shakllantiradi, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etadi hamda to‘lov usullarini kengaytiradi, jumladan QR-to‘lovlar va transchegaraviy operatsiyalarni rivojlantirib, raqamli iqtisodiyot taraqqiyotiga hissa qo‘shadi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 36
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 1 мая 2026, 16:23 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech