Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO BAXTLI YUZLIK aksiyasining 44 nafar g‘olibini aniqladi: aksiya yakunlanishiga atigi 7 kun qoldi

HUMO BAXTLI YUZLIK aksiyasining 44 nafar g‘olibini aniqladi: aksiya yakunlanishiga atigi 7 kun qoldi
5 сен 2026 17:00

HUMO BAXTLI YUZLIK aksiyasining 44 nafar g‘olibini aniqladi: aksiya yakunlanishiga atigi 7 kun qoldi


To‘rtta yutuqlar o‘ynalishi o‘tkazib bo‘lindi, 44 nafar g‘olib aniqlandi, ammo eng muhimi – hali oldinda. HUMOdan BAXTLI YUZLIK keng ko‘lamli aksiyasi yakunlanishigacha atigi 7 kun qoldi – oldinda yangi mukofotlar va yakuniy, BYD Song Plus DM-i avtomobilining o‘ynalishi kutmoqda.

HUMO milliy to‘lov tizimi butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab o‘tayotgan BAXTLI YUZLIK aksiyasining oraliq yakunlarini e’lon qildi. O‘tkazilgan to‘rtta bosqich yakunlariga ko‘ra iPhone Air g‘oliblari va 1 000 000 so‘mdan pul mukofotlari sohiblari aniqlandi.


Xorazmdan Shahzoda, Toshkentdan Tohir aka va Qoraqalpog‘istondan Jarasar iPhone Air sohibi bo‘ldilar. Yutuqlar o‘ynalishi ommaviy ravishda jonli efirda, HUMO rasmiy sahifalarida Random.org xalqaro servisidan foydalangan holda o‘tkazildi. Unda g‘oliblar aniqlanishining borishini aksiya qatnashchilari va barcha xohlovchilar kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.


1280x720 2.jpg

“Menga qo‘ng‘iroq qilib, iPhone Air yutganimni aytishganda, oldin ishonmadim. Oilam bilan o‘tirgandik, boshlovchi Bahodir Akbarov menga qo‘ng‘iroq qildi va g‘alaba bilan tabrikladi. Albatta, juda ajablandim, keyin bu haqiqat ekanini tushundim.


Ma’lum bo‘ldiki, qatnashish juda oson ekan. Rafiqam bilan dala hovlida dam olayotgandik, supermarketga kirib, HUMO kartasi orqali 350 000 so‘m atrofida xaridni amalga oshirdik. Bu odatiy xarid oqibatda menga bunday yoqimli yutuqni keltirdi. Shu sababli HUMO kartalari sohiblarini imkoniyatni boy bermaslikka chaqiraman – qatnashing, zero haqiqatan har kim g‘olib bo‘lishi mumkin”,- dedi Tohir aka, BAXTLI YUZLIK aksiyasi doirasida iPhone Air yutib olganlardan biri.


Ko‘plab g‘oliblar uchun yutuq chiqqanligi mutlaqo kutilmagan xabar bo‘ldi. Qatnashchilarning hikoyalaridan ko‘rinadiki, har bir yutuqlar o‘ynalishi ortida real odamlar va odatiy kundalik xaridlar turadi – faqat bu gal ularning haqiqatan baxtlari chopdi.

Yana bir g‘alaba hikoyasi iPhone Air sohibasi bo‘lgan qoraqalpog‘istonlik Jarasar bilan bog‘liq. G‘olibaning o‘zi yutuqni o‘g‘liga taqdim etishga qaror qilgani sababli, quvonchli yangilikni Rohat oilasi bilan birga qarshi oldi.


1280x720 3.jpg

“Bizga qo‘ng‘iroq qilib, yutuq haqida xabar berishdi, bu payt biz oilamiz bilan kechki dasturxon atrofida o‘tirgandik. Hozirda bu g‘alaba men uchun alohida ramziy ma’noga ega – bir necha kundan keyin to‘yim bo‘ladi va bu iPhone Air men uchun rosmana to‘yona bo‘ldi. Aytish mumkinki, HUMO men uchun to‘yga alohida sovg‘a tayyorlabdi. Barcha qatnashchilarga omad tilayman, aksiyada qatnashadigan har kim bunday quvonchni his eta oladi”,- so‘z yuritadi qoraqalpog‘istonlik g‘oliba Jarasarning o‘g‘li Rohat.


Aksiya yakunlanishiga atigi 7 kun qoldi

BAXTLI YUZLIK yakuniy bosqichga chiqdi. Aksiyaga qo‘shilishga ulgurmaganlarda uning g‘olibi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun juda kam vaqt qoldi.

Oldinda qatnashchilarni navbatdagi yutuqlar o‘ynalishi kutmoqda, aksiya bosh voqeasi esa, 2026-yil 19-sentabr soat 16:00 da Toshkent sh., Botir Zokirov ko‘ch., 7 manzilida (mo‘ljal: “Paxtakor” metrosi, 4-chiqish) joylashgan Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazida o‘tkaziladigan katta final bo‘ladi. O‘sha kuni bosh mukofot – BYD Song Plus DM-i avtomobilining, shuningdek iPhone Air va pul mukofotlarining sohiblari aniqlanadi. Final haqiqiy bayram tadbiri bo‘ladi: mehmonlarni musiqa, didjeylar chiqishlari, ko‘ngilochar dastur va, albatta, aksiyaning eng kutilgan lahzasi – yangi avtomobil sohibini aniqlash kutadi.


“BAXTLI YUZLIK o‘tkazilishi davomida biz allaqachon o‘nlab real g‘oliblarni tabrikladik, ular uchun odatiy kundalik xarid baxtli voqeaga aylandi. Ammo aksiya hali tugamadi va oldindan eng muhim kunlar turibdi. Qatnashchilarda keyingi bosqichlarga ulanish imkoniyati mavjud, kulminatsiya esa, BYD Song Plus DM-i avtomobili, shuningdek iPhone Air va pul mukofotlarining yakuniy o‘ynalishi bo‘ladi. Biz HUMO kartalari sohiblarini imkoniyatni boy bermaslikka chaqiramiz”,- qayd etdilar HUMO vakillari.

Aksiyada qatnashish uchun aksiya shartlariga muvofiq HUMO kartasi orqali 100 000 so‘mdan boshlanadigan xaridni amalga oshirish yetarlidir.

Aksiya shartlariga muvofiq keluvchi har bir yangi xarid – bu g‘oliblar sirasida bo‘lishning yana bir imkoniyatidir. Bunda xaridlar soni imkoniyatlar soniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Aksiya davomida to‘plangan ishtiroklar, uning qoidalariga muvofiq, bosh mukofot – BYD Song Plus DM-i avtomobilining yakuniy o‘ynalishida ham inobatga olinadi.


Aksiya doirasida mukofotlarni olish bilan bog‘liq barcha soliqlar HUMO tomonidan to‘lanadi.

Oldinda – aksiyaning so‘nggi kunlari, yangi g‘oliblar va bosh yutuq. Ehtimol, HUMO kartasi orqali navbatdagi xaridingiz aynan sizga baxtli lahzalarni keltirar.

Aksiya yakunlanishiga atigi 7 kun qoldi. BAXTLI YUZLIKning navbatdagi g‘olibi bo‘lish imkoniyatingizni boy bermang!


Aksiya tafsilotlari

Qatnashishning batafsil shartlari, bosqichlar va yutuqlar o‘ynalishi jadvallari, aksiya o‘tkazilishi muddatlari va boshqa axborot saytda, shuningdek HUMO Nest Telegram-botida e’lon qilingan.

Ommaviy oferta bilan havola orqali tanishish mumkin.

Navbatdagi yutuqlar o‘ynalishlarini, jonli efirlarni, g‘oliblar e’lon qilinishi va “Baxtli Yuzlik” aksiyasining boshqa yangiliklarini o‘tkazib yubormaslik uchun HUMO rasmiy sahifalariga obuna bo‘lgan ma’qul:

Facebook: fb.com/humocard
Instagram: @humo_card
Telegram: t.me/humoofficial
Youtube: @humo_card

 


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 20
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 8 сентября 2026, 11:37 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech