
HUMO "BAXTLI YUZLIK" nomli keng ko‘lamli aksiyani boshladi, unda BYD Song Plus DM-i avtomobili, iPhone Air va pul mukofotlarini yutib olish mumkin
Bu yoz HUMO kartalari egalari uchun yoqimli xaridlar qilish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratadi. 15-iyuldan 12-sentabrgacha HUMO milliy to‘lov tizimi butun O‘zbekiston bo‘ylab BAXTLI YUZLIK («Счастливая сотня»), aksiyasini o‘tkazadi. Ikki oy davomida ishtirokchilarni iPhone Air va pul mukofotlari uchun olti bosqichli yutuqli o‘yinlar kutmoqda, aksiya yakunida esa BYD Song Plus DM-i avtomobili o‘ynaladi.
BAXTLI YUZLIK — bu odatiy xaridlarni yanada yoqimli qilish imkoniyati. Aksiya shartlariga muvofiq, HUMO kartasi orqali kamida 100 000 so‘m miqdorida xaridni amalga oshirish kifoya — shunda siz qimmatbaho sovrinlar yutug‘ida ishtirok etasiz. Aksiya yakunida asosiy sovrin — BYD Song Plus DM-i avtomobili o‘ynaladi va unda aksiya davomida shartlarni bajargan barcha HUMO kartalari ishtirok etadi.
Aksiyada ishtirok etish uchun:
• HUMO kartasi orqali kamida 100 000 so‘mlik xaridni amalga oshirish;
• amal qilayotgan mobil telefon raqamiga ulangan HUMO kartasidan foydalanish.
HUMO Nest Telegram-botida aksiyada ishtirokingizni tekshirish, bosqichlar va yutuqli o‘yinlar jadvali bilan tanishish, shuningdek aksiyaning jarayonini kuzatib borish mumkin.
Pul o‘tkazmalari va aksiya qoidalarida ko‘zda tutilmagan boshqa operatsiyalar yutuqli o‘yinlarda ishtirok etmaydi.
Aksiya sovrin jamg‘armasi
Har bir 6 ta bosqich yakuniga ko‘ra quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:
• iPhone Air;
• umumiy qiymati 10 million so‘m bo‘lgan 10 ta pul mukofoti.
Barcha bosqichlar yakunlangach, asosiy sovrin — BYD Song Plus DM-i avtomobili o‘ynaladi.
Har bir bosqich va final yutuqlari g‘oliblari Random.org xalqaro xizmati yordamida tasodifiy tarzda, jonli efirda aniqlanadi.
Aksiya tafsilotlari
Aksiyada ishtirok etish shartlari, bosqichlar jadvali, o‘tkazilish muddatlari va boshqa ma’lumotlar HUMO saytida joylashtirilgan ommaviy oferta hamda HUMO Nest Telegram-botida e’lon qilingan.
BAXTLI YUZLIK aksiyasiga oid yangiliklar, jonli efirlar va g‘oliblar e’lonlarini o‘tkazib yubormaslik uchun HUMO rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:
Facebook: fb.com/humocard
Instagram: @humo_card
Telegram: t.me/humoofficial
YouTube: @humo_card

