HUMO delegatsiyasi Alipay+ hamkorlari bilan uchrashdi va unda hamkorlikni rivojlantirish hamda 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ko‘rib chiqib, keyingi o‘sish uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olishdi.
Bundan tashqari, HUMO vakillari Octomobile ilovasi orqali Pekindagi savdo shoxobchalarida Alipay+ xizmatini bevosita sinovdan o‘tkazdilar.
Endi HUMO karta foydalanuvchilari Xitoyda xaridlarini Alipay QR-kodi orqali – tez, qulay va xavfsiz tarzda to‘lov qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ishonchimiz komilki, bu faqat boshlanishi – Alipay+ bilan samarali aloqalar uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.

/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
31