
HUMO kartalari bo‘yicha SMS-xabarnomalar narxi o‘zgarishsiz saqlanadi
2026-yil 27-aprel, Toshkent, O‘zbekiston — "Milliy banklararo protsessing markazi" AJ (HUMO to‘lov tizimi) HUMO kartalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha SMS-xabarnomalar narxi avvalgi darajada saqlanib qolinishini ma’lum qiladi.
Avvalroq, 13131 qisqa raqami orqali SMS-xabarnoma xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Octotelecom” MChJ 2026-yil 1-maydan boshlab HUMO kartalari bo‘yicha operatsiyalar va qoldiq haqida xabardor qilish xizmatining narxi o‘zgarishi haqida xabar bergan edi.
Shu munosabat bilan HUMO foydalanuvchilarning murojaatlarini hamda mazkur xizmatning karta egalari uchun ahamiyatini inobatga olib, “Octotelecom”ga amaldagi tariflarni saqlab qolish taklifi bilan rasmiy murojaat yo‘lladi.
Qo‘shimcha tahlil va “Octotelecom” bilan konstruktiv hamkorlik natijasida amaldagi tarifni saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 1-maydan boshlab 13131 raqamidan keluvchi bitta SMS-xabarning narxi o‘zgarishsiz qoladi va 84,2 so‘mni tashkil etadi.
Tarifning saqlab qolinishiga vaziyatni birgalikda baholash hamda karta egalari uchun moliyaviy yuklamani oshirmasdan xizmatning barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan muvozanatli yechim topishga qaratilgan intilish natijasi bo’ldi.
HUMO o‘z xizmatlarining qulayligi va ommabopligini oshirish ustida izchil ishlamoqda, mijozlar xizmatining sifati hamda xizmat ko‘rsatish shartlarining qulayligiga alohida e’tibor qaratmoqda. Yaqin vaqt ichida xizmatlarni rivojlantirish va ularning foydalanuvchilar uchun qiymatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha takomillashtirishlarni amalga oshirish ham rejalashtirilgan.
HUMO SMS-xabarnomalar foydalanuvchilar uchun muhim ekanini tushunadi va ushbu xizmat shartlariga oid masalalarga alohida e’tibor bilan yondashadi. Tariflar yoki xizmat parametrlaridagi ehtimoliy o‘zgarishlar foydalanuvchilarning manfaatlarini inobatga olingan holda oldindan baholanadi, dolzarb ma’lumotlar esa HUMO’ning rasmiy kanallarida o‘z vaqtida e’lon qilib boriladi.

