Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO-Mastercard kobeydjing kartalari chiqarildi

HUMO-Mastercard kobeydjing kartalari chiqarildi
22 Jun 2021
22 iyun 2021 yil, Toshkent – Joriy yilning 22 iyun kuni Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) va Mastercard xalqaro toʼlov tizimi birinchi HUMO-Mastercard kobeydjing-kartalarini chiqarish boʼyicha qoʼshma press-brifing oʼtkazdi. 

“Kobeydjing kartasi oʼz foydalanuvchilari uchun bir qator afzalliklarga ega. Moliyaviy operatsiyalar geografiyasi kengayadi - kobeydjing kartasi Mastercard qabul qilinadigan 210 dan ortiq mamlakatda amal qiladi.
Oʼz navbatida, men ushbu kartaning boʼlajak egalarini xavfsizlik bilan bogʼliq barcha masʼuliyatni oʼz zimmalariga olishga va hech qanday holatda firibgarlarning qurboniga aylanmaslik uchun karta fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikka chaqiraman», – dedi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

Endi Oʼzbekiston fuqarolari yagona kartadan mamlakat ichida ham, chet elda ham toʼlovlarni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin. Kobeydjing kartasi egasi uchun yana bir afzalligi – toʼlovni amalga oshirishda toʼlov tizimini tanlash qobiliyatidir: tranzaktsiya uchun kamroq komissiya olinadigan tizimni tanlash mumkin.
Kobeydjing kartalari moliyaviy operatsiyalarning boshqa ishtirokchilari uchun ham foydalidir. Banklar uchun bu raqobatbardoshlikning oʼsishi, savdo va xizmat koʼrsatish korxonalari uchun bu mijozlar auditoriyasining kengayishi, mijozlar tajribasining yaxshilanishi va shunga mos ravishda sotuvlarning koʼpayishidir. 

«Biz butun Oʼzbekiston aholisi uchun xalqaro xizmatlarning mavjudligini oshiradigan qoʼshma mahsulotimiz – HUMO-Mastercard kobeydjing-kartasini taqdim etishdan mamnunmiz.
Bunday karta egalari nafaqat POS terminallarida, balki dunyodagi barcha internet-doʼkonlarida ham Oʼzbekistonda va mamlakat tashqarisida xaridlarni amalga oshirishi va, albatta, Mastercard logotipi boʼlgan bankomatlardan pul yechishlari mumkin.
Bunday kartaga nafaqat Rossiya Federatsiyasidan, balki dunyoning boshqa mamlakatlaridan pul oʼtkazmalarini darhol olish imkoniyati karta egalarini bank filiallariga qoʼshimcha tarzda tashrif buyurish ehtiyojidan xalos qiladi», – deya izohlaydi Mastercard Markaziy Osiyodagi bosh direktori Rafal Trepka.

HUMO-Mastercard kartalari bir nechta xavfsizlik darajalariga ega. Bu NFC funktsiyasi, yaʼni kontaktsiz toʼlovni qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, faqat karta egasi uchun mavjud boʼlgan va boshqa shaxsga uning nomidan Internet orqali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat bermaydigan CVC kodi.
HUMO- Mastercard kartasi Mastercard debet kartasi asosida anʼanaviy plastik va virtual, keyinchalik raqamli karta shaklida chiqariladi. Xizmat tariflari va qoʼshimcha funktsiyalarni bunday kartani chiqaradigan bank belgilaydi

Birinchi HUMO-Mastercard Asakabank va Anor Bank tomonidan chiqarilgan. Yaqin kelajakda bunday kartani HUMO toʼlov tizimining istalgan aʼzo bankida ochish mumkin boʼladi.
Eslatib oʼtamiz, 2019 yil dekabr oyida MBPM Mastercard bilan birgalikda HUMO tizimida xalqaro Mastercard kartalari orqali toʼlovlarni qabul qilishni boshladi.
Joriy yilning 1 fevralidan boshlab, Oʼzbekistonda chiqarilgan Mastercard kartalaridagi HUMO tarmogʼida ilgari 1,5 foizni tashkil etgan mijozlar komissiyasi bekor qilindi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 458
My.gov.uz
Hozir saytda: ro'yxatdan o'tganlar - 0,
mehmonlar - 2
Oxirgi yangilanish: 15 Oktyabr 2021, 19:04 (GMT+5)
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech